• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Putin Gorbachyovni 90 yoshi bilan tabriklab, uning tarixda tutgan o‘rnini e’tirof etdi

    Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sovet ittifoqining birinchi va yagona prezidenti, Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar xalqaro jamoat fondi prezidenti Mixail Gorbachyovni 90 yoshi bilan tabrikladi. Tabrik telegrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi, deb yozmoqda “RBK”.

    Mixail Gorbachyov

    Mixail Gorbachyov
    Foto: “RIA Novosti”

    Putin Gorbachyovni tengi yo‘q shaxs hamda mamlakat va dunyo tarixining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan taniqli siyosiy arbob deb atadi.

    “Sizdagi katta kasbiy va hayotiy tajriba, energiya va ijodiy salohiyat bugungi kunda ommaviy ijtimoiy va ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etishingizda, xalqaro gumanitar loyihalarni amalga oshirishga e’tibor berishingizda nihoyatda qo‘l kelmoqda”, — deyiladi telegrammada.

    Bosh vazir Mixail Mishustin ham Gorbachyovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, SSSR sobiq prezidentining nomi butun dunyo bo‘ylab “global o‘zgarishlar timsoli”ga aylangan.

    Gorbachyovning do‘sti, “Moskva sadosi” radiostansiyasining bosh muharriri Aleksey Venediktov shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning tabrigini Telegram’ga joylashtirdi.

    Gorbachyov 1931-yilda Stavropol o‘lkasida tug‘ilgan. 1955-yilda yuridik fakultetini tugatgach, u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha atigi o‘n kun ishlagan. Shundan so‘ng u Butunittifoq Leninchi kommunistik yoshlar soyuzi Stavropol o‘lkasi qo‘mitasi targ‘ibot va tashviqot bo‘limi mudiri o‘rinbosari, 1961-yildan viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lib ishlagan.

    1966-yilda uning nomzodi KGB (Davlat xavfsizlik qo‘mitasi) Stavropol bo‘limi boshlig‘i lavozimi uchun ko‘rib chiqildi. 1970-yildan boshlab u Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS) o‘lka qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lib ishlagan.

    1971-yildan u KPSS markaziy qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan. Turli xil taxminlarga ko‘ra, uning Moskvaga o‘tishi va partiya safida ko‘tarilishiga Yuriy Andropov, Mixail Suslov, Andrey Gromiko hissa qo‘shgan. 1980—1991-yillarda Gorbachyov KPSS markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosining a’zosiga aylangan.

    1985-yildan KPSS markaziy qo‘mitasining bosh kotibi, 1988-yildan SSSR Oliy Kengashi prezidiumining raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1990-yil mart oyida u xalq deputatlari navbatdan tashqari syezdida SSSR prezidenti etib saylangan.

    Gorbachyov davlat rahbari sifatida qayta qurishni boshlagan, bu esa kelajakda bozor iqtisodiyoti va erkin saylovlar institutining shakllanishiga, KPSS hokimiyat monopoliyasining buzilishiga va SSSRning qulashiga olib kelgan. Uning hukmronligi davridagi muhim bosqichlar qatoridan alkogolga qarshi kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan kampaniya, tadbirkorlikni qonuniylashtirish, korxonalarni o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish, hukumat va kadrlar islohoti, oshkoralikni joriy etish va partiyalar senzurasini olib tashlash singari harakatlar o‘rin olgan.

    1991-yil 8-dekabrda Gorbachyov davrida SSSR davlatini amalda bekor qilinishini ko‘rsatadigan Belovejskaya shartnomalari imzolandi. Keyingi ikki hafta ichida Gorbachyov rahbarligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzildi. 25-dekabr kuni esa Gorbachyov iste’foga chiqishini e’lon qildi.

    Mavzuga doir: Mixail Gorbachyov Sovet Ittifoqini saqlab qolishi mumkinmidi? Dunyo matbuoti Vashingtondagi voqealar haqida

    02.03.2021, 17:13   Izoh (0)   41211
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarus prezidenti o‘g‘lini o‘z yordamchisi lavozimidan ozod qildi va unga general unvonini berdi

    02.03.2021, 15:47

    Turkmaniston birjasida prezident avtokarvonining zirhli mashinalari yana sotuvga qo‘yildi

    02.03.2021, 14:10

    JSST: Dunyoda COVID-19 pandemiyasining ikkinchi to‘lqini tugagani yo‘q

    02.03.2021, 13:21

    AQSh Ukrainaga 125 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratadi

    02.03.2021, 13:10

    JSST dunyoda 7 haftadan buyon ilk marta COVID-19 bilan kasallanish darajasi o‘sganini qayd etdi

    02.03.2021, 11:10

    OAV: Tramp va uning rafiqasi COVID-19’ga qarshi emlangan

    02.03.2021, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.