Transfermarkt portali Yevropa maydonlarida XXI asrda eng ko‘p gol urgan yarim himoyachilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Chelsi” va “Manchester Siti” sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempard eng yaxshi natija qayd etgan. Angliyalik futbolchi XXI asrda 261 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Keyingi pog‘onadan “Liverpul” sobiq futbolchisi Stiven Jerrard (206) joy olgan bo‘lsa, “Real” va “Tottenhem” sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart (194) kuchli uchlikka yakun yasagan.
XXI asrda eng ko‘p gol urgan yarim himoyachilar:
- Frenk Lempard (843 o‘yin) — 261 ta gol
- Stiven Jerrard (794) — 206
- Rafael var der Vart (623) — 194
- Marko Roys (452) — 187
- Ronaldinyo (458) — 169
- Mixael Ballak (565) — 169
- Kaka (515) — 161
- Vadid Silva (778) — 148
- Marek Hamshik (645) — 147
- Kristian Eriksen (618) — 142
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)