O‘zbekistonda 2021-yilgi mavsumdan boshlab futbol uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha O‘FA va FIFA mutaxassislarining o‘zaro muzokaralari ijobiy yakun topdi, deya xabar qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.
O‘FA barcha tegishli hujjatlarni FIFA VAR platformasiga yuklagan. Shuningdek, o‘zbekistonlik VAR tizimi mutaxassislarining 2020-yilgi sinov o‘yinlarida qayd etgan natijalari FIFA tomonidan inobatga olingan.
Mazkur sabablar evaziga FIFA 2021-yilgi mavsumda O‘FA va PFL tasarrufida o‘tkaziladigan musobaqalarda VAR tizimidan foydalanishga ruxsat bergan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Liga Kubogi 2019-yilgi mavsum finalidan o‘rin olgan “Paxtakor” — OKMK o‘yinida (6:2) VAR tizimidan ilk bor rasman foydalanilgan edi. Shundan keyin bir qator uchrashuvlarda bu tizim sinov tariqasida ishlatildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)