• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Qashqadaryodagi “Alan” konida siquv kompressor stansiyasi ishga tushirildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Alan” konida siquv kompressor stansiyasi ishga tushirildi.

    Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududidagi “Alan” konida yangi qurilgan past bosimli siquv kompressor stansiyasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev ishtirok etdi.

    “Alan” konida tabiiy gaz qazib chiqarilishini nazorat qilish to‘la avtomatlashtirilgan bo‘lib, siquv kompressor stansiyasini ishga qo‘shish ishlari aynan dispetcherlik xizmatida amalga oshirildi.

    Dastlab tashrif buyurganlarga ushbu investitsion loyiha borasida ma’lumot berildi, so‘ngra qurilmani ishga qo‘shish uchun boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan rasman ruxsat berildi.

    “Alan” konidagi ushbu qurilma ishga qo‘shildi va shundan so‘ng mehmonlar siquv kompressor stansiyasi joylashgan maydonda bo‘lishdi. Bu yerda yig‘ilgan barchaga batafsil ma’lumot berildi.

    Marosimda so‘zga chiqqan boshqaruv raisi quyidagilarni aytib o‘tdi: “Kondagi qoldiq gaz zaxirasini (25 milliard kub metr) maksimal darajada qazib olish maqsadida, ikkinchi siquv kompressor stansiyasini qurishga qaror qildik. Loyiha bosh pudratchisi — hamkorimiz Enter Engineering kompaniyasi tomonidan qisqa muddatda, qiymati 75 million dollarlik texnologik obyekt qurib bitkazildi. Zamonaviy gaz turbina uskunalari va kompressorlari yetakchi xorijiy kompaniyalar — Amerikaning Baker Hughes General Electric, Ukrainaning Motorsich, Turkiyaning Akcelik, Xitoyning Denair Energy va boshqa kompaniyalar tomonidan yetkazib berildi. Biz ularning hammasiga minnatdorchilik bildirgan holda aytishim kerakki, mazkur qurilmani foydalanishga topshirish natijasida kunlik qo‘shimcha 1,0 million kub metr gaz qazib olish imkoni yaratildi”.

    Eslatib o‘tamiz, “Alan” koni past bosimli siquv kompressor stansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2017-yilda Respublikada neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish to‘g‘risida” va “2017–2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ, Natural Gaz-Stream qo‘shma korxonasi, Eriell Oilfield Services Middle East DMCC kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 75,12 million dollarni tashkil etadi.

    Tantanali ochilish marosimida boshqaruv raisi qurilishda ishtirok etganlarga, barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib, faollik ko‘rsatgan ishchi xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Xorijiy mutaxassislarga o‘zbekona mehmondo‘stlik ko‘rsatilib, milliy liboslarimiz sovg‘a qilindi hamda ular bilan hamkorlik bundan ham mustahkam bo‘lishi bildirildi. Xorijdan tashrif buyurgan mutaxassislar ham o‘z navbatida bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilishlarini aytib o‘tishdi.

    Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Alan” siquv kompressor stansiyasi kunlik 9,137 million metr kubgacha sanoat gazini utilizatsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, “Alan” past bosimli 2-siquv kompressor stansiyasi (2-SKS) loyiha hujjatlari ishlab chiqildi va qurilish montaj ishlari yakuniga yetkazilib, ishlab chiqarishga joriy etildi.

    2021-yilda ushbu kondan 2,771 milliard kub metr tabiiy gaz va 69,6 ming tonna gaz kondensatini qazib olish rejalashtirilgan.

    Konda olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida jami 234,9 milliard kub metr tabiiy gaz hamda 8,964 million tonna gaz kondensati zaxiralari mavjudligi aniqlangan.

    2021-yil yakuniga qadar “Alan” konida 14 ta yangi quduqlarni burg‘ilab ishga tushirish va natijada qo‘shimcha 164,7 million kub metr tabiiy gaz, 3,6 ming tonna gaz kondensatini qazib chiqarish mo‘ljallanmoqda.

    Bundan tashqari, 36 ta quduqda kapital ta’mirlash va intensifkatsiya ishlarini bajarish orqali qo‘shimcha 63,7 million kub metr tabiiy gaz va 1,2 ming tonna gaz kondensatini qazib chiqarish rejalashtirilgan.

    “Alan” past bosimli 2-siquv kompressor stansiyasining umumiy quvvati kunlik 4,569 million kub metr bo‘lgan ikkita agregat orqali “Alan” koni past bosimli quduqlarining sanoat miqyosidagi tabiiy gazini bosimini ko‘tarib, “Alan” siquv kompressor stansiyasiga haydaydi.

    “Alan” konida past bosimli 2-siquv kompressor stansiyasini ishga tushurish orqali yiliga 3,3 milliard kub metr tabiiy gaz bosimini oshirish natijasida kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini 1 million kub metrga ko‘paytirishga erishiladi.

    Kondagi mavjud gaz zaxirasini maksimal darajada qazib olish maqsadida, 2017–2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish dasturi doirasida joriy yil 26-fevralda umumiy qiymati 75,1 million dollarlik siquv kompressor stansiyasi (SKS) qurilib, foydalanishga topshirildi.

    SKS yiliga 3,3 milliard kub metr tabiiy gaz bosimini oshirishga, gaz tarkibidagi suyuq komponentlarni ajratib olish uchun gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga yetkazib berishga xizmat qiladi va kunlik qo‘shimcha 1,0 million kub metr gaz qazib olish imkonini beradi.

    Qurilish ishlari Enter Engineering (Singapur) kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Zamonaviy gaz-turbina uskunalari va kompressorlar Baker Hughes General Electric (AQSH), Motorsich (Ukraina), Akcelik (Turkiya), Denair Energy (XXR) kompaniyalari tomonidan yetkazib berildi.

    SKSning barqaror ishlashini ta’minlash uchun 2021-yilda “Alan” konida qo‘shimcha 11 ta yangi quduqni burg‘ilash, uzunligi 7,9 kilometr bo‘lgan gaz kollektorini qurib ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Natijada kondan yiliga 2,7 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi.

    Ma’lumot uchun

    Muborak neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi tasarrufidagi jami 33 ta neft va gaz kondensat konlarida 11 ta SKS va 14 ta gazni tayyorlash qurilmalari mavjud. “Alan” konining qoldiq zaxirasi – 25,5 milliard kub metr tabiiy gaz va 1,1 million tonna kondensatni tashkil qiladi.

    Eslatib o‘tamiz, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida yana ikkita “Zevarda” va “Dengizko‘l” konlarida ham siquv kompressor stansiyalari qurilmoqda va bu tabiiy gaz qazib chiqarish hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    28.02.2021, 13:30   Izoh (0)   12792
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston yanvar oyida 193 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan

    28.02.2021, 12:12

    Surxondaryoda Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi

    28.02.2021, 10:31

    Samarqandlik hamshira ayolning kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holatga izoh berdi

    28.02.2021, 09:31

    “Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan”. Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

    28.02.2021, 09:10

    “Maktab ‘avariyniy’ning ‘avariyniy’ holatida”. Deputat Tomdi tumanidagi qulab tushmaslik uchun temir bilan “chirmab” qo‘yilgan maktab haqida

    28.02.2021, 08:22

    O‘zbekistonda koronavirusning “britancha” shtammi bilan kasallangan ilk bemor sog‘aygani ma’lum qilindi

    27.02.2021, 23:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.