Sog‘liqni saqlash vazirligi 30-yanvar kuni mamlakatda ilk bor koronavirusning yangi shtammi aniqlangani haqida xabar berdi. Yangi shtamm Dubaydan 23-yanvar kuni mamlakatga qaytgan oilaning 10 yashar farzandida aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, kasallik yuqtirgan qizaloq shifoxonada davolanib, uyga javob berilgan. Bu haqda bemor davolangan muassasa shifokori Olimjon Is’hoqov “Zamon” dasturiga ma’lum qildi.
Shifokorning ta’kidlashicha, qizcha 12 kun davomida shifoxonada davolangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bemorning oila a’zolarida virus aniqlanmagan.
Olimjon Is’hoqovning ma’lum qilishicha, ushbu shtamm asosan yosh bolalarda uchramoqda. Shuningdek, shifokor bu qizdan tashqari “britancha” shtamm bilan bog‘liq boshqa holatlar kuzatilmaganini ta’kidladi.
Mavzuga doir:
- SSV koronavirusning yangi shtammi aniqlangan qizcha haqida nima uchun 1 haftadan keyin e’lon qilinganiga izoh berdi
- “Koronavirusning ‘britancha’ shtammining odamlar orasiga kirishiga yo‘l qo‘ymadik” — Nurmat Otabekov
- Koronavirusning “britancha” shtammi COVID-19’dan davolanganlarga yuqadimi? Ilk simptomlari qanaqa?
Izoh (0)