Ukrainaning Krivoy Rog shahrida 23—27-fevral kunlari boks bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi.
Unda mezbonlar mamlakatdan tashqari, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Moldova va Iordaniya kabi davlatlardan bokschilar qatnashdi. 27-fevral kuni musobaqaning final uchrashuvlari o‘tkazildi. Finalga qadar uch nafar o‘zbekistonlik bokschi yetib kelgandi.
Abdumalik Xalakov (-57 kg) va Saidjamshid Jafarov (-75 kg) finalni g‘alaba bilan yakunlab, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sodirbek Kamolmirzayev (-52 kg) esa kumush bilan cheklandi.
Shuningdek, Jahongir Rahmonov (-69 kg), Jamshid Xudoyberganov (+91 kg) va Shohjahon Abdullayev (+91 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)