• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Biz imtiyoz so‘ramayapmiz”. Valyuta liberalizatsiyasi sabab olgan kreditining tani bir necha barobarga oshib ketgan tadbirkorlar hukumatdan javob kutmoqda

    O‘zbekistonda 2017-yil sentabrida amalga oshirilgan valyuta liberalizatsiyasi keng jamoatchilik tomonidan qanchalik ko‘p kutilgan bo‘lsa, ushbu islohot arafasida mamlakat banklaridan bilib-bilmay valyutada kredit olgan tadbirkorlar uchun shunchalik kutilmagan voqea bo‘ldi. Shu vaqtgacha ma’muriy yo‘llar bilan ushlab turilgan “davlat kursi”ning bir kunda qo‘yib yuborilishi, “rasmiy kurs” o‘zidan salkam ikki barobar yuqori “qora bozor kursi”ga yetib olishi, “davlat kursi” va “qora bozor kursi” degan tushunchalar yo‘qqa chiqarilishi aynan “rasmiy kurs”da banklardan valyutada kredit olganlar uchun rejalashtirilmagan boshog‘riqni keltirib chiqardi.

    “Daryo”ga murojaat qilgan bir guruh tadbirkorlarning ma’lum qilishicha, o‘tgan to‘rt yil davomida ularning muammosini hal qilish bo‘yicha mas’ullar tomonidan tayinli taklif berilmagan, liberalizatsiyaga qadar valyutada olingan kreditni karrasiga oshib ketgan kurs bilan qaytarish talabi ularni xonavayron qilmoqda.

    Tadbirkorlarning murojaatlari

    Shavkat Qudratov, buxorolik tadbirkor

    Shavkat Qudratov.

    Shavkat Qudratov.
    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov
    Dollar kursining ‘qo‘yib yuborilishi‘ ortidan shu vaqtgacha olingan kreditlar bahosi 4,5—5 barobarga ko‘tarilib ketdi. Bank berilgan kreditlarni hozirgi, ya’ni karrasiga ko‘tarilib ketgan kursda qaytarishni talab qilmoqda.

    Kurs oshmagan vaqtdagi dollarni so‘mga aylantirganda 640 million so‘mlik kredit olgan bo‘lsam, hozirga kelib bu summa 3,5 milliard so‘mga aylanib ketgan. Bu ahvolda tadbirkor na ish yurgiza oladi, na rivojlana oladi. Pandemiya sabab tadbirkorlarga yordam sifatida kreditni kechiktirib to‘lash yoki muddatini uzaytirish imkoni berildi. Biroq bu imkoniyat tadbirkorlarni qoniqtirmaydi.

    Chunki muddat berilgani bilan ustiga foiz qo‘shilib ketaveradi. Mutasaddilar holatimizni ko‘rib, biror-bir yordam qilmayapti. Bormagan biror tashkilotimiz qolmadi. Yaqinda ushbu holat bo‘yicha tadbirkorlar va bank vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘ldi. Lekin maqbul bir natijaga erishmadik.Yig‘ilishda bank xodimlari: “Siz kurs ko‘tarilishini bila turib shartnomaga qo‘l qo‘ygansiz”, dedi.

    Ha, o‘sha vaqtda dollar kursi haftasiga atigi 50 so‘mga ko‘tarilardi, o‘shanda hisob-kitob ham qilganmiz — kreditimiz yiliga o‘rtacha 50 dollarga oshardi.

    Zafar Abdivoitov, surxondaryolik tadbirkor

    Zafar Abdivoitov.

    Zafar Abdivoitov.
    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Abdivoitov 2016-yili mahalliy hokimlik tavsiyasi bilan davlat dasturi asosida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash quvvatlarini tashkil qilish uchun 100 ming dollarlik kredit olgan.

    Kreditni olganimdan bir oy o‘tar-o‘tmas, valyuta liberalizatsiyasi haqidagi farmon chiqdi — olgan 100 ming dollar 2017-yil avgust oyida 420 million edi, bir kechada kreditim bir kechada 820 millionga aylanib qoldi. Shunday bo‘lishini bilganimda, kredit olmasdim. Nafaqat men, istalgan boshqa odam bunga rozi bo‘lmasdi.

    Nima qilarimni bilmay, hammayoqqa murojaat qildim. Bankka borib: “Tadbirkorman, endi nima qilaman?” desam, ular: “Biz ham tadbirkormiz”, deyapti. Markaziy bank kurs ko‘tarilishini avvaldan bilgan edi. O‘sha paytda: “Ertaga kasod bo‘lasan”, deb aytishmagan ham.

    Meni eng qiynayotgani — olgan kreditim yo‘q joydan 337 foizga ko‘payib ketgan.

    Men 400 million so‘mlik kredit olayotganimda garov evaziga 500 million so‘mga teng bo‘lgan mol-mulk qo‘ying va texnikangizni o‘rnatgach, mol-mulkingizni garovdan chiqarib beramiz deyishgan. Lekin ular aytgandek bo‘lmadi. Boz ustiga, valyuta liberalizatsiyasidan so‘ng garovga qo‘yiladigan narsa ham ko‘paydi.

    O‘shanda kimdir o‘zining mulkini qo‘ygan bo‘lsa, yana kimdir boshqa birovning, masalan, qarindoshining mol-mulkini garovga qo‘yib turgan. Masalaning yana bir tarafi shundaki, bu holat qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nizolarga ham sabab bo‘lmoqda.

    Tadbirkor to‘lagan soliqdan maktab, kasalxona xodimlariga oylik bersa, bank xodimlari kredit foizdan oylik olsa, tadbirkorni qo‘llash kerak emasmi? Menimcha, tegishli barcha tashkilotlar prezident farmoniga o‘zgartirish va kamchiliklarni to‘g‘irlash bo‘yicha taklif kiritishi kerak.

    Jamoliddin Otajonov, xorazmlik tadbirkor

    Jamoliddin Otajonov.

    Jamoliddin Otajonov.
    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Otajonov 2016-yilda zamonaviy sovutgich qurish, meva-sabzavotlarni qurituvchi uskunalarni o‘rnatish uchun 500 ming dollarlik kredit olgan. Uning aytishicha, kreditni olgan vaqtida uning so‘mdagi qiymati 1,5 milliardga teng edi, hozir esa 5 milliard so‘mga aylangan — “imtiyozli” deb berilgan kreditning bahosi 337 foizga oshib ketgan.

    “Muammoni hal etish uchun to‘rt yildan buyon bormagan tashkilotimiz qolmadi. Hozirgacha kreditimizni qaytara olmayapmiz. Chunki bunga imkoniyatimiz ham yo‘q, faqat inqiroz ichida yuribmiz. Shu muammo sabab 40 kishi ishsiz qolib ketdi. Bu qaror qanchadan-qancha ish o‘rinlarining yo‘qotilishiga, kambag‘allar soni ortishiga sabab bo‘lyapti”, — deydi u.

    “Biz yuqori tashkilotlardan ‘imtiyoz beringlar‘, ‘yordam beringlar’, deb so‘ramayapmiz. Faqat kredit summasi o‘sha vaqtdagi shartnoma nizomiga muvofiq berilsa bo‘lgani. Bu tadbirkorga ham, davlatga ham, ishchiga ham anchagina natija beradi”, — deya qo‘shimcha qildi Jamoliddin Otajonov.

    Sobirjon Norboboyev.

    Sobirjon Norboboyev.
    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Surxondaryoning Sariosiyo tumanida faoliyat olib boruvchi tadbirkor Sobirjon Norboboyevning ta’kidlashicha, kredit muddatini uzaytirish yoki ma’lum bir foizda kompensatsiya berish deyarli befoyda. “Kurs oshib bo‘lgan, ming imtiyoz bergani bilan, kreditni to‘lash biz uchun juda qiyinchilik tug‘dirmoqda”, — dedi u.

    Mas’ullar qachon javob beradi?

    Bu va shunday muammoga duch kelgan boshqa tadbirkorlar OAVga murojaat qilishdan avval, tabiiyki, “barcha tashkilotlarga murojaat qilgan”. Xususan, Vazirlar Mahkamasiga ham. Ular 2020-yilning dekabrida O‘zbekiston bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri Abdumalik Allamurodov va Markaziy bank raisining o‘rinbosari Bobir Abubakirov qabulida ham bo‘lgan.

    Muloqot davomida murojaatlarni o‘rganish va amaliy yordam berish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, murojaatchi tadbirkoralarga uch kun ichida javob berilishi aytilgan, keyinroq bu muddat olti kunga cho‘zilgan. Oradan olti kun emas, 70 kun o‘tsa ham javob berilmagan. Shu bois tadbirkorlar 9-fevral kuni yana hukumat binosi oldida to‘plangan. Ulardan bu yerda to‘planmaslik so‘ralgan, ular bilan Yoshlar Ittifoqi binosida uchrashuv o‘tkazish taklif qilingan, biroq tadbirkorlar “bu yerdan hech qayerga ketmasliklari”ni qat’iy ta’kidlagach, ikki tomonlama uchrashuv O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi zalida o‘tkazilgan.

    Uchrashuvda qatnashgan tadbirkorlardan biri — Shavkat Qudratovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, mas’ullar dekabrdagi uchrashuvda aytilgan gaplarni takrorlab, masalaga umuman aloqasi yo‘q takliflarni bergan. “Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish uchun dala maydoni va uni sotish uchun bozorlardan rasta ajratib berishni taklif qilishdi. Necha yildan buyon inqirozda bo‘lsak, bor-budimiz garovda, aylanma mablag‘imiz ham yo‘q. Kasod holimizda qanday qilib sabzavot yetishtirib, uni bozorga olib chiqamiz?”, — deydi tadbirkor.

    Abdumalik Allamurodov (o‘ngda) va Bobir Abubakirov, 2020-yil 1-dekabr kuni bo‘lgan uchrashuvdan lavha.

    Abdumalik Allamurodov (o‘ngda) va Bobir Abubakirov, 2020-yil 1-dekabr kuni bo‘lgan uchrashuvdan lavha.
    Foto: “Human.uz”

    Uchrashuvda mas’ullar olingan kreditlarning foizini kamaytirib berishni ham taklif qilgan. Ammo tadbirkorlar ushbu taklifni rad etgan. “Sababi kredit foizi kamaytirilgani va kredit muddati uzaytirilgani bilan kreditning tan qiymati ko‘payib boraveradi. Bu bizni foydamizga emas, faqat zararimizga ishlaydi. Biz foizni oshirishiga ham rozimiz, gap bu yerda tan miqdorining kattaligida”, – deydi Shavkat Qudratov.

    Uchrashuv oxirida mas’ullar eski ssenariy bo‘yicha uch kundan keyin, ya’ni 12-fevralda tadbirkorlar bilan bog‘lanishga va’da bergan. Lekin hech kim tadbirkorlar bilan aloqaga chiqmagan. Tadbirkorlarning murojaatiga nima uchun javob berilmayotgani yuzasidan “Daryo” nashri Vazirlar Mahkamasiga mas’ullariga murojaat qildi. Mas’ul shaxs: “O‘zimiz ma’lum qilamiz”, degan javob bilan kifoyalandi.

    Foto: “Human.uz”

    Ma’lumot uchun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” to‘g‘risidagi qonunning 28-moddasiga ko‘ra ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.

    26.02.2021, 07:07   Izoh (0)   28051
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2021-yil 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

    26.02.2021, 06:06

    O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi

    25.02.2021, 23:37

    Qo‘yliqdagi oshxonada noqonuniy lotereya o‘yini tashkil qilgan shaxslar aniqlandi

    25.02.2021, 22:56

    Toshkent viloyatida 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari uchun Olimpiya shaharchasi quriladi

    25.02.2021, 22:41

    O‘zbekistonda aliment to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi

    25.02.2021, 22:10

    O‘zbekistonda 1-martdan boshlab ko‘chaboshi va uyboshilarga har oyda kompensatsiya to‘lanadi

    25.02.2021, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    8,6 mlrd so‘mlik zarar: Xorazmda elektrdan noqonuniy foydalanayotgan korxona fosh bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:00

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    Buxorodagi bog‘chada uch yoshli bola tok urishidan vafot etdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:45

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29

    Farg‘onada qaynuka pochchasini ketmon bilan o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:20

    Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

    Sport | 19 iyun, 19:16

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:00

    Xonanda Shakira AQSHdagi migrantlarning og‘ir ahvoli haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 19:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.