• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2021-yil 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2021-yil 1-martdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi -- balandligi ikki qavatdan ortiq bo‘lgan uylarni ekspertizasiz qurishni taqiqlash, aholining minimal iste’mol xarajatlari miqdori, aliment undirishning yangi tizimi, O‘zbekiston fuqarolariga ham solina boshlaydigan turistik yig‘im va boshqalar shular jumlasidandir. “Gazeta.uz” bahorning birinchi kunidan kuchga kirajak asosiy rasmiy o‘zgarishlarni bir sahifaga jamladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ikki qavatdan yuqori bo‘lgan uylarni ekspertizasiz qurish taqiqlanadi

    2021-yil 1-martdan boshlab ikki qavatdan yuqori (“sokol”ni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, boshqa qator taqiqlar ham kuchga kiradi.

    Aholining minimal iste’mol xarajatlari

    2021-yil 1-martdan O‘zbekistonda aholining minimal iste’mol xarajatlari e’lon qilinishi kerak. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida aytib o‘tgan.

    Dekabr oxirlarida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish siyosatini yuritish departamenti direktori Ilhom Mamatqulov O‘zbekiston aholisining necha foizi rasman kambag‘al hisoblanishi va kambag‘allikni belgilash mezonlari nimalardan iboratligi to‘g‘risida ma’lumot bergan edi.

    Fevral boshida esa O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekistonda iste’mol savati miqdorini hisoblab, e’lon qildi. O‘rganishlarga ko‘ra, iste’mol savatining miqdori taxminan bir kishi uchun 2,157 million so‘mni tashkil etadi. Biroq bu hisob-kitoblarning mexanizmi va asosli ekanligi soha mutaxassislari tomonidan tanqid ostiga olindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirkorlar ko‘chalarga qoidabuzarliklarni aniqlovchi kamera va radarlarni o‘rnatishi mumkin bo‘ladi

    Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2021-yil 1-martdan boshlab, tadbirkorlik subyektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy texnik vositalar o‘rnatish huquqi berilmoqda.

    Yana bir qator davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirishga ruxsat beriladi

    1-martdan boshlab Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Ummon va Xitoy (jumladan, uning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari) fuqarolariga O‘zbekistonga kirish uchun 10 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi.

    Majburiy markirovka

    1-martdan boshlab markirovka qilinmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston hududiga olib kirish taqiqlanadi.

    O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli bo‘lgan turistik yig‘im

    2021-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yig‘im undiriladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qator davlatlar bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan cheklov muddati tugaydi

    Koronavirus pandemiyasi sababli O‘zbekiston tomonidan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya hamda Janubiy Afrika Respublikasi bilan xalqaro aviareyslarga (kirish, chiqish va tranzit) joriy etilgan cheklovlar 1-mart kuni tugaydi.Cheklovga tushgan davlatlar ro‘yxatida Germaniya ham bor edi, ammo 11-fevralda ushbu mamlakat bilan aviaqatnovlar qayta tiklangan.

    Mahalla faollari rag‘batlantiriladi

    2021-yil 1-martdan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga (uyboshi va ko‘chaboshilarga) kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha BHMning 50 foizi (122,5 ming so‘m) miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lanadi.

    Turizmni rivojlantirish

    2021-yil 1-martdan 2022-yil 1-iyunga qadar ichki turizmni ommalashtirish yo‘lida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar xarajatlarining bir qismini qoplash mexanizmi joriy etilmoqda:
    • aviatashuvlar — ichki turizm yo‘nalishi bo‘ylab aviaqatnovlarning aviachiptalari narxining 25 foizi miqdorida;
    • turoperator va turagentlar — O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun uyushtiriladigan ekskursiyalar uchun aviatsiya va temiryo‘l chiptalari narxining 15 foizi miqdorida, shuningdek, turar joy (mehmonxona xizmatlari) xizmatlari narxining 10 foizi miqdorida. Shu bilan birga, ushbu xarajatlarning bir qismini qoplash, sayohat amalga oshirilgan hududlarda joylashgan turar-joy binolarida kamida bir kecha qolish sharti bilan ta’minlanadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Alimentlarni undirishning yangi tizimi

    2021-yil 1-martdan boshlab ijro hujjatlari bo‘yicha aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

    Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i bilan integratsiya qilinadi. Bunda Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtiriladi hamda aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i orqali mazkur bank kartasiga o‘tkaziladi.

    Toshkentda chiqindilarni saralab yig‘ish tajribasi

    Toshkentda 2021-yildan chiqindilarni saralab yig‘ish boshlanadi. Yangi tizim 2021-yildan Toshkentning har bir tumanidagi ikkita mahallada — jami 24 ta mahallada joriy etiladi.  Saralagan holda chiqindilarni yig‘ishni rag‘batlantirish uchun oilalarga qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lov tarifi pasaytiriladi.

    Onlayn kassalar va onlayn NKMlarda o‘zgarish

    O‘zbekistonda 2021-yil 1-martdan onlayn kassalardan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi.

    Viloyatlardagi o‘qituvchilarga ustamalar

    Boshqa viloyatlardagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun jalb etilgan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi va pedagoglarning bazaviy tarif stavkasiga maxsus ustama joriy etilmoqda.

    Chaqirib olingan inkasso topshiriqlarining muddati tugaydi

    17-fevral ertalab soat 10:00 dan oldin “bir kunlik” (yoki boshqacha nomi -- “obnal”chi) firmalar bilan shubhali operatsiyalarni amalga oshirganlik xavfi nisbatan kam bo‘lgan 2 960 tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlariga joylashtirilgan inkasso topshiriqlari 2021-yil 1-martgacha vaqtinchalik bekor qilingan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yana nima?

    Prezident mart oxiriga qadar 12 obyektni, jumadan, Toshkent viloyatidagi “Beldersoy” va “Chorvoq” dam olish maskanlari, “Poytaxt” biznes-markazi va “Malika” texn-bozorini sotishni ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan.

    Toshkentda majburiy texnik ko‘rik boshlanadi. Yuridik shaxslarga tegishli avtomobillar 1-martdan 30-iyunga qadar, jismoniy shaxslar 1-yanvardan 31-martga qadar o‘tadi. Yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi transport kompaniyalari ko‘rikdan ikki marta (1-martdan 30-iyungacha va 1-sentabrdan 31-oktabrgacha) o‘tadi.

    26.02.2021, 06:06   Izoh (0)   110866
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi

    25.02.2021, 23:37

    Qo‘yliqdagi oshxonada noqonuniy lotereya o‘yini tashkil qilgan shaxslar aniqlandi

    25.02.2021, 22:56

    Toshkent viloyatida 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari uchun Olimpiya shaharchasi quriladi

    25.02.2021, 22:41

    O‘zbekistonda aliment to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi

    25.02.2021, 22:10

    O‘zbekistonda 1-martdan boshlab ko‘chaboshi va uyboshilarga har oyda kompensatsiya to‘lanadi

    25.02.2021, 21:23

    Yangihayot tumanidagi 400 dan ortiq ikki qavatli yog‘och uylar buziladi

    25.02.2021, 21:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.