• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-fevral kuni qishloq va suv xo‘jaligi sohasida 2021-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, qishloq xo‘jaligi – mamlakat eksport salohiyatini oshirish, ish o‘rinlari va aholi daromadini ko‘paytirishda katta manbalardan biri hisoblanadi. Shu bois sohaga doir ko‘plab hujjatlar qabul qilinib, zarur sharoitlar yaratib berildi. Bog‘dorchilik, uzumchilik, meva-sabzavotchilik, sholichilik, chorvachilikni rivojlantirish, suvni tejash, agrokorxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi.

    Ekinlarni oqilona joylashtirish va ilm bilan yetishtirish orqali 2021-yil har bir gektardan olinadigan daromadni 5 ming dollarga yetkazish maqsadi belgilangan.

    “Ekinlardan olinadigan daromadni keskin ko‘paytirish va suvdan oqilona foydalanish sohadagi eng ustuvor vazifa bo‘lishi kerak”, – deya ta’kidladi davlat rahbari.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Buning uchun ekinlarni har bir tumanning o‘ziga xosligi, mahallalarda tarixan shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, suv ta’minotidan kelib chiqib joylashtirish zarurligi qayd etildi. Misol uchun, Mirzaobod tumanidagi ayrim maydonlarda paxta hosildorligi 12 sentnerni tashkil qilmoqda. Lekin u yerdagi mahallalarning ixtisoslashuvi o‘rganilganda, anor yetishtirish imkoniyati va qayta ishlash korxonasi borligi aniqlangan.

    Xuddi shuningdek, Forish va Ellikqal’a tumanlarida vinobop uzum navlarini o‘stirish mumkin. Buloqboshi tumanida sarimsoqpiyozdan yaxshi daromad olish, xonadonlarga imtiyozli kredit berish orqali yiliga 1 ming tonna eksportbop uzum yetishtirish imkoniyati bor.

    “Joriy yil 1 martdan boshlab oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bog‘, tok va issiqxona uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davri esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi. Bu – odamlarning istagi, o‘zgarishlar uchun imkoniyati”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Lalmi va yaylov yerlarni foydalanishga kiritish, bu orqali doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratish muhimligi ta’kidlandi.

    Ma’lumki, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarga muvofiq, ishsiz fuqarolarga 10 sotixdan 50 sotixgacha yer berilmoqda. Mutasaddilarga ushbu yerlarni aholiga yaqin joydan ajratib, urug‘, o‘g‘it va texnika ta’minotida ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yig‘ilishda qayd etilganidek, 2021-yilda qishloq xo‘jaligi korxonalarini 702 ming tonna urug‘ va 105 million tup ko‘chat bilan ta’minlash zarur.

    Lekin bu borada tizim yo‘lga qo‘yilmagani aholiga ham, eksportchilarga ham qiyinchilik tug‘dirmoqda. Navlarning sifati, mahsulotlarning yetilish muddati tashqi bozorlarda yetakchi o‘rinlarga chiqish imkonini bermayapti.

    Shu bois endi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti hamda uning ilmiy-tajriba stansiyalarida davlat-xususiy sheriklik asosida yuqori hosilli, eksportbop meva va uzum ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun har bir viloyatda kamida 100 gektar maydonda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos intensiv ko‘chatchilik xo‘jaliklari tashkil etiladi. Mahalliy urug‘chilik xo‘jaliklaridan urug‘ va ko‘chat sotib olinganda bunga ketgan mablag‘ning 20 foizigacha qismi to‘lab beriladi.

    Shuningdek, muqobil energiyada ishlaydigan limonchilik issiqxonalari qurish xarajatlarining ham bir qismini qoplab berish tartibi joriy qilinadi.

    Yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlari samaradorligini oshirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Klaster – izlanish, innovatsiya, degani. Agar klasterlar ertangi kunni tasavvur qilib ishlasa, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni bozorga olib chiqib, raqobatbardosh bo‘lishi mumkin. Dunyo tajribasini o‘rganib, mahsulotni ko‘paytirib, tannarxni kamaytirish kerak”, – dedi Prezident.

    Davlat rahbari har doim vazifa qo‘yar ekan, avvalo, uning mablag‘ini hal etib beradi. Agrar tarmoqni barqaror moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun bu yil Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga 24 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Bunda, birinchi marta, sabzavot yetishtirishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar berish uchun 300 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish nazarda tutilmoqda.

    Shuningdek, boshoqli don va paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga 19 oygacha kreditlar berish uchun ham qo‘shimcha mablag‘lar talab etiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu maqsadda, bugun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi faoliyati hamda ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Yig‘ilishda ushbu qaror mazmun-mohiyati, ijrosi haqida so‘z bordi.

    Davlat rahbari sohada ilm-fan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Poliz va sabzavotchilikni rivojlantirishda AQSh, meva yetishtirishda Buyuk Britaniya, donchilikda Avstriya, o‘simliklar himoyasi bo‘yicha Niderlandiya, o‘simliklar oziqlanishi va hujayra biologiyasi bo‘yicha Germaniya tajribasini o‘rganish, ekspertlarni jalb etish zarurligini ta’kidladi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi va alohida tuzilma tashkil etilmoqda. Ushbu tuzilmaga yil yakuniga qadar 3 million gektar sug‘oriladigan yerlar monitoringi, tuproq tarkibi va ekinlar haqidagi ma’lumotlarni mujassam etgan axborot tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bu maqsadlarga xalqaro moliya tashkilotlarining 10 million dollari yo‘naltiriladi.

    Shu bilan birga, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida Agroxizmatlar markazini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Videoselektor yig‘ilishida suvdan tejab foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

    Ma’lum qilinishicha, 2021-yil sug‘orish mavsumida suv ta’minoti me’yorga nisbatan 25 foiz kam bo‘lishi kutilmoqda. Shu bois suv isrofiga umuman yo‘l qo‘ymaslik hayotiy zarurat.

    Xususan, 430 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali 3 milliard kub metr suvni iqtisod qilish mumkin.

    Bu, o‘z navbatida, shunday texnologiya va uskunalarga talabni oshiradi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish tizimlari va quvurlar ishlab chiqarish uchun 2021-yil fevral-aprel oylarida 35-40 ming tonna polietilen zarur. Shu bois, suv tejovchi texnologiyalar uchun zarur bo‘lgan polietilen va polipropilen uchun import boji 1-oktabrgacha bekor qilingani aytildi.

    Suv xo‘jaligi vazirligiga 3 mingdan ziyod nasoslarni ta’mirlash va yangilash, nasos stansiyalarida elektr energiyasi va suv sarfini “onlayn” monitoring qilish tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish chora-tadbirlariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Ta’kidlanishicha, 2021-yil 1-iyuldan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘idan qarzdorligi bo‘lmagan chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik va baliqchilik xo‘jaliklariga yetishtirgan mahsuloti uchun budjetdan subsidiya ajratiladi.

    Shuningdek, chorvachilik korxonalariga xomashyo va texnologiyalarni import qilishda bir qator yengilliklar beriladi. Baliq va parranda yetishtirishdagi nobudgarchilikni sug‘urtalash tartibi ishlab chiqiladi.

    Chorvachilikda ozuqa-yem masalasi dolzarb. Shu bois yangi o‘zlashtiriladigan yerlar chorva komplekslari uchun taqsimlab berilishi, 28 ming gektar lalmi va yaylovlarda hamda 173 ming gektar asosiy ekindan bo‘shagan maydonlarda omixta-yem yetishtirilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rahbarlari axborot berdi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimligiga tirbandliklar yuzaga kelayotgan ko‘chalarda qo‘shimcha harakat yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha topshiriq bergani, Farg‘onada “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 303 nafar ishsiz yoshga dehqonchilik uchun yer berilgani hamda Shavkat Mirziyoyev Navoiyda hamda gidroenergetika tarmog‘ida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

    24.02.2021, 21:41   Izoh (0)   21185
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda qurilish talablarini buzgan bir qancha kompaniyalarga chora ko‘rildi

    24.02.2021, 21:34

    Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida kuchli qor yog‘gani sababli avtomobillar harakati to‘xtatildi

    24.02.2021, 21:23

    O‘zbekistonda talabalar oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun ham akademik ta’til olishi mumkin bo‘ladi

    24.02.2021, 21:11

    O‘zbekiston vertolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

    24.02.2021, 20:30

    Navoiyda tilanchilik qiluvchi nogiron erkakni o‘ldirib, Zarafshon daryosiga oqizib yuborgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

    24.02.2021, 19:59

    Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

    24.02.2021, 19:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

    Dunyo | 11 may, 14:28

    Ishqiy munosabatlarini uzoq vaqt sir tutgan yulduzlar

    Layfstayl | 11 may, 14:17

    “Qimmatbaho taqinchoqlar va kiyim-kechaklardan o‘zini cheklardi” — Qozog‘iston prezidenti onasi va eng qiyin damlari haqida gapirdi

    Dunyo | 11 may, 13:55

    UFC. Ramazon Temirov navbatdagi jangini qozog‘istonlik sportchiga qarshi o‘tkazadi

    Sport | 11 may, 13:43

    Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi (video)

    O‘zbekiston | 11 may, 13:25

    Putin Ukrainaga hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi

    Dunyo | 11 may, 12:55

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 11 may, 12:30

    Tramp Rossiya va Ukraina uchun “buyuk hafta” boshlanayotganini aytdi

    Dunyo | 11 may, 12:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.