• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: O‘zbek Chingizxon va turk Jaloliddin, konteynerda yashovchi hokim, nega blogerlar birinchi emlanadi?

    Hafta premyerasi, shubhasiz, yangi tarixiy serial “Mendirman Jaloliddin” namoyishi bo‘ldi. Yakshanba kuni efirga birinchi bor uzatilgan yangi formatdagi serial darhol tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

    O‘zbek tomoshabinlari azaldan tarixiy filmlarni sevib tomosha qilgani bois birinchi seriya ko‘rilishi bilan muhokamalar boshlanib ketdi. Yosh Jaloliddinning arslon ovlashi bilan boshlanuvchi filmda dramatik va jang sahnalari muvaffaqiyatli olinganini alohida aytish lozim. Film musiqalari yaxshi tanlangan, dekoratsiyalar va qahramonlarning libosi an’anaviy turk tarixiy seriallarini yodga soladi. Bu bejiz emas, chunki serial o‘zbek va turk kinochilarining qo‘shma mahsulotidir.

    Loyiha rahbari Saida Mirziyoyeva serial yuzasidan o‘z sahifasida fikrlarini yozib qoldirdi:

    “ ...Serial kimgadir yoqishi, kimgadir ma’qul kelmasligi ham tabiiy holat. Biz premyeradan so‘ng fikrlar turli-tuman bo‘lishiga tayyormiz... Masalan, eng ko‘p savol filmda nega bosh rolga turk aktyori taklif etilgani haqida bo‘ldi. Asosiy maqsad serial orqali aktyorlarni tanitish emas, balki taniqli aktyorlar orqali jahonga millatimiz qahramonlarini namoyon qilishdir... Serial to‘qima obrazlar va voqealar bilan boyitildi... ‘Ancha byudjet mablag‘i sovurilibdi’, degan gaplar ham bo‘ldi. Ammo bu ta’na asossiz. Serial to‘liq homiylar ko‘magida ishlandi...”.

    Foto: Telegram / @mendirman_official

    Foto: Telegram / @mendirman_official

    Serial voqealari anchagina badiiylashtirilgan. Jaloliddin va Chingizxon karvonsaroyda uchrashuvi, Temur Malik Chingizxon huzuriga elchilikka yuborilishi tarixiy haqiqatga mos emasligi, Chingizxonning xiyla yosh, Temur Malikning esa keksaroq ko‘rinishi, dala harbiy lagerining ko‘lami kichik ko‘ringani blogerlar nazaridan chetda qolmadi. Eng qizig‘i esa xorazmliklarni turklar, mo‘g‘ullarni esa o‘zbeklar ijro etganidir.

    * * *

    Bu hafta Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida bo‘ldi. Tashrifni Yangiqo‘rg‘on tumanidan boshlagan prezident 3 million dollarlik sarmoyaga barpo etilgan intensiv bog‘ni ko‘zdan kechirdi. Sanoat zonalari va korxonalarni ko‘rdi, jurnalistlar va nuroniylar bilan muloqot qildi.

    Tashrif davomida yangi kutubxonani ko‘rish uchun borayotgan prezident korteji kutilmaganda Namanganning chang ko‘chalariga burildi va “Bunyodkor” mahallasida to‘xtadi. Mahalladagi holat havas qilgulik emas. Ichimlik suvi yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan. Mahalla idorasining o‘zi ham xarob, bino orqasida chiqindilar yotibdi. Prezident ana shu mahallani ko‘zdan kechirib rais va uning maslahatchisi bilan gaplashdi, ularni tanqid qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Sizlar odamlarni uyushtirishingiz, boshqalarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak. Shu mahallaning egasi-ku sizlar! Mo‘min-musulmon-ku sizlar! Daraxt eksa bo‘ladimi? Chiqindini tozalatib qo‘ysa bo‘ladimi? Devorni oqlasa bo‘ladimi? Shunga ko‘p narsa kerakmi? Biz mahallaga shuncha e’tibor qaratyapmiz, katta vakolatlar beryapmiz. Bu holatda qanday islohotchi bo‘lasizlar, odamlarni qanday ergashtirasizlar”, – dedi nuragan va oqlanmagan devor oldida turgancha Shavkat Mirziyoyev. Keyin aholi orasiga kirib bordi, odamlarning gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, yo‘l muammosiga oid shikoyatlarini eshitdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning batafsil maqolasini o‘qing.

    Shundan keyin Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov prezident tanqid qilgan mahallaga ko‘chib o‘tib muammolarni bartaraf etishga ahd qildi. “Har kuni shu yerda, sizlarga qo‘shni bo‘laman. Uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga ‘viloyat hokimining uyi‘ deb yozib qo‘yiladi. Bu yerdagi holatni o‘nglab, keyin boshqa holati og‘ir hududga o‘tamiz”, — dedi hokim. Mahallaning nomiga mos bunyodkorlik ishlari boshlanib ketdi. Yuzlab ishchilar jalb etiladigan, axlatxona yopiladigan, mahalla idorasi qayta quriladigan, eng asosiysi, toza ichimlik suvi keltiriladigan bo‘ldi. “Bu yerda 3 gektar joyda kichik sanoat zonasi tashkil etamiz va kamida 10 ta korxona ochamiz. Buning ortidan 12 ming kishi yashaydigan mahallada 1000 nafar odam ishli bo‘ladi”, — dedi viloyat hokimi.

    Mavzuga oid:

    • Deputatlar O‘zbekiston Prezidenti saylovini dekabrdan oktyabrga ko‘chirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
    * * *

    Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namangan shahidagi “Ishga marhamat” monomarkazida birinchi marta jurnalistlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qildi. Bunday noyob holatda jurnalistlar prezidentga savol berishga oshiqdi. “Kun.uz” muxbirining “Barcha tadbirlarda, viloyatlarga tashriflarda katta-katta islohotlar mo‘ljallanadi, yangi rejalar tuziladi. Fikringizcha, mana shu islohotlar xalqimizni rozi qiladigan, sizning ko‘nglingiz to‘ladigan darajada amalga oshishiga nimalar to‘sqinlik qilyapti?” degan savoliga javoban uchta dolzarb muammoni aytdi. Bu muammolarning birinchisi kadrlar masalasi, ikkinchisi korrupsiya illati va uchinchisi ko‘plab davlat idoralari rahbarlarining saviyasi, bilimi bugungi zamon talabida emasligi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi prezident.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Prezident, shuningdek, “...Ommaviy axborot vositalarini to‘rtinchi hokimiyat deymiz, aslida birinchi hokimiyat”, “...O‘zim ham amaldorlarga ‘Jurnalist va blogerlar bilan do‘st bo‘lib, birgalikda kamchiliklarni to‘ldiringlar, muammolarga yechim topinglar. Kim ularga do‘st bo‘lsa, men ham o‘sha rahbarni o‘zimga do‘st deb bilaman’, degan gapni ko‘p takrorlayman. Sizlar hamisha islohotlarimizga adolatli va tahliliy baho berishda davom etishlaringizni istaymiz. Hech narsadan qo‘rqmanglar, ortlaringizda Prezident turibdi”, deb aytdi.

    * * *

    Xo‘sh, koronavirus vaksinasi atrofida nima gaplar? Ushbu satrlarni o‘qiyotgan o‘quvchimizning tanishlari orasida koronavirusga qarshi emlangan yurtdoshlarimiz uchrash-uchramasligiga qarab ish sur’atini baholasak bo‘ladi. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov 17-fevral kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlash boshlangach, bir kunda bitta punktda 70 kishi vaksina oladi.

    Yana bir yangilik shuki, O‘zbekiston Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasining hammuallifi sifatida tan olindi. Hozirgacha O‘zbekistonda 6,8 mingdan ortiq odam birinchi doza bilan, 2,8 mingdan ortiq kishi esa ikkinchi doza bilan emlandi.

    Milliarder Alisher Usmonov O‘zbekiston xarid qilayotgan 1 million vaksinadan teng yarmini o‘z hisobidan olib berishini aytgan. U yana birinchi 50 mingtasini namanganliklarga berilishini so‘ragan.

    Koronavirus pandemiyasi boshidanoq mamlakatda eng asosiy shaxslardan biriga aylangan Nurmat Otabekov kimlar birinchi bo‘lib emlanishini sanab o‘tdi. Qizig‘i shundaki, virus yuqtirish xatari yuqori bo‘lgan 65 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari, surunkali kasali borlar, transport xodimlari o‘qituvchi-tarbiyachilar qatorida jurnalistlar va blogerlar ham bor. Qiziq, yosh va sog‘lom blogerlarning shoxi bormi?

    Dayjestimiz nihoyasiga yetdi. “Daryo”da qoling. Dunyo va O‘zbekistondagi voqealardan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    21.02.2021, 23:23   Izoh (0)   48482
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan er-xotin qullikdan qutqarildi

    21.02.2021, 23:11

    Shavkat Mirziyoyev: “Bu — majlis emas, master-klass”

    21.02.2021, 22:52

    “Bu Finlyandiyadagi kutubxona emas”: Ijtimoiy tarmoq faollarining tiliga tushgan Namangandagi yangi zamonaviy kutubxona — suratlarda

    21.02.2021, 20:07

    Farg‘onada ko‘p qavatli uylar orasidagi qurilishlar nega to‘xtatilganiga izoh berildi

    21.02.2021, 19:06

    O‘ydim-chuqur ko‘chadan yurgan Prezident korteji, 22 yoshli MFY raisi, inglizcha gaplashadigan hokim – Namanganga tashrifdan reportaj (foto)

    21.02.2021, 15:56

    Jizzaxda 1 mln so‘m evaziga COVID-19’ga chalinganlik haqida soxta tashxis qo‘yib bergan shifokorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    21.02.2021, 14:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.