Daryo

Shavkat Mirziyoyev Namanganda jurnalistlar bilan muloqot qildi

Prezident yana bir bor “Hech narsadan qo‘rqmanglar, ortlaringizda Prezident turibdi”, – dedi

1 daqiqa o‘qish42 586 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namangan shahidagi “Ishga marhamat” monomarkazida jurnalistlar bilan muloqot qildi. Bu haqda uchrashuvda qatnashgan “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari ommaviy axborot vositalari va blogerlar amaldorlarning xalqni rozi qilish yo‘lida amalga oshirayotgan islohotlarini e’tirof etish barobarida kamchiliklarni ham dadil ko‘tarib chiqishayotganini alohida ta’kidladi.

“Mamlakatimiz taraqqiyoti va odamlarimizni rozi qilish maqsadida amalga oshirayotgan ishlarimizni xalqqa ko‘rsatishdan tashqari, kamchiliklarimizni ham olib chiqayotganlaringizni yaxshi bilaman. Bu esa davlat tashkiloti rahbarlari, hokimlarning yanada faol ishlashiga turtki bo‘ladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zim ham amaldorlarga ‘Jurnalist va blogerlar bilan do‘st bo‘lib, birgalikda kamchiliklarni to‘ldiringlar, muammolarga yechim topinglar. Kim ularga do‘st bo‘lsa, men ham o‘sha rahbarni o‘zimga do‘st deb bilaman’, degan gapni ko‘p takrorlayman. Sizlar hamisha islohotlarimizga adolatli va tahliliy baho berishda davom etishlaringizni istaymiz. Hech narsadan qo‘rqmanglar, ortlaringizda Prezident turibdi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Rishton xalqaro kulolchilik markazini ko‘zdan kechirish vaqtida OAV vakillari bilan 15 daqiqa muloqot qilgan edi. Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifiga oid boshqa xabarlar:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar