• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda mahalla raisi qishloq qabristonidagi daraxtlarni kestirib tashladi. Fuqarolar esa bundan norozi

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand tumanining “Bo‘zi” mahallasida yashovchi fuqarolar murojaat qilib, “Shisha” qabristonidagi daraxtlar mahalla raisi boshchiligida kesib olinayotganini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur murojaat asosida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Holat yuzasidan dastlab “Bo‘zi” mahallasi raisi Alisher To‘raqulov bilan suhbatlashdik. Raisning ta’kidlashicha, u qabriston ichidagi qurigan daraxtlar shoxi sinib, qabr toshlari ustiga tushayotgani sabab mahalla oqsoqollari bilan maslahatlashib, daraxtlarni kesib olib, o‘rniga manzarali daraxtlar, xususan, archa ekishni rejalashtirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daraxtlarni kesishdan avval qishloqdagi oqsoqollar bilan maslahatlashdik. Bu daraxtlarni olib, o‘rniga archa ekmoqchi edik”, — dedi Alisher To‘raqulov.

    Aytilishicha, 2021-yilning 3-fevral kuni “Bo‘zi” MFY raisi Samarqand tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga qabriston ichidagi daraxtlarni kesish uchun ruxsat berishini so‘rab xat yozgan. 4-fevral kuni esa 7 nafar mahalla faoli ishtirokida qabristondagi daraxtlarni kesish bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘rganish jarayonida daraxtlar bor-yo‘g‘i 4-5 ta qabr ustiga tushib turgani, qabrlardan uzoqda bo‘lgan daraxtlar ham kesib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bu holatga esa mahalla raisi joy kam qolgani, shuning uchun yangi joy ochib qo‘yish maqsadida daraxtlarni kesganini bildirdi.

    “Qabristonda joy kam qolgan. Shuning uchun bu yerni ochish maqsadida daraxtlarni oqsoqollar bilan bo‘lgan yig‘ilishda dalolatnoma qilib, kesdik”, — dedi MFY raisi Alisher To‘raqulov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sherali Iskandarovning ma’lum qilishicha, “Bo‘zi” mahallasida yashovchi fuqarolar boshqarmaga ham murojaat qilgan. Murojaat voqea joyiga borib o‘rganilganda haqiqatan ham “Shisha” qabristonidagi daraxtlar kesilayotgani aniqlangan.

    “Biz holatni o‘rganish uchun kelganimizda qabristondagi daraxtlar kesilayotgan edi. Kelib, daraxt kesish jarayonini to‘xtatdik. O‘rganish ishlari jarayonida faqat terak daraxtlari emas, tol va mevali daraxtlar ham kesilganiga guvoh bo‘ldik. Hozir o‘rganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha batafsil ma’lumot beramiz”, — dedi Sherali Iskandarov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qabristondagi daraxtlarning kesilishiga qarshi chiqqan fuqarolarning ta’kidlashicha, mahalla raisi ekologiyadan ruxsat olganini aytib, ularni kesishga o‘zi bosh-qosh bo‘lgan. Sherali Iskandarovning ma’lum qilishicha, mahalla raisi hech qanday ruxsat olmasdan daraxtlarni kesgan.

    “Mahalla raisi daraxtlarni kesish uchun hech qanday ruxsatnoma olmagan. Biz holatni o‘rganishga Samarqand tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limining davlat inspektorlari va inspeksiya rahbari bilan birgalikda keldik. Kelganimizda mahalla raisi va mahalla fuqarolari ham shu yerda edi. Rais bizga ekologiyadan ruxsat olganini aytdi. Vaholanki, tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i o‘zini tanishtirib, hech qanday ruxsat so‘rab xat kelmaganini aytganidan so‘ng uning vaji o‘tmay qoldi. Bir-ikki kundan so‘ng mahalla raisi eski sana bilan daraxtlarni kesishga ruxsat berishni so‘rab xat qilib, tuman inspeksiyasiga murojaat qilgan. Biz xatga qonuniy javob yozdik. Ammo bu vajlar o‘tmaydi”, — dedi Sherali Iskandarov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mutaxassisning ta’kidlashicha, agar daraxtlar qabriston yoki boshqa joyda plantatsiya shaklida ekilib, yog‘och qilish maqsadida ekilgan bo‘lsa, uni kesgan fuqaroga jarima qo‘llanilmaydi. Tabiiy holatda chiqqan yoki hududga ko‘rk berish maqsadida ekilgan daraxtlarni kesish taqiqlanadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 3-fevraldagi farmoni bilan respublikada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021-yilning 31-dekabrgacha uzaytirildi. Bu haqda barcha OAVlarda e’lon qilindi. Shunday farmon e’lon qilinib turgan bir vaqtda mahalla raisi jarayonni ko‘ra bila turib, qo‘rqmasdan, daraxt kesmoqda. Bugun xalqimizga murojaat qilmoqchimanki, hurmatli fuqarolar, Samarqand viloyatining mehmonlari, har qanday holatda bugun tabiatimizni ko‘z qorachig‘imizdek asraylik. Daraxtlarning kesilishiga yo‘l qo‘ymaylik”, — dedi Sherali Iskandarov.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    19.02.2021, 21:58   Izoh (0)   25846
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan chiqariladi

    19.02.2021, 21:11

    O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv joriy qilindi

    19.02.2021, 20:45

    O‘zbekistonda 2020-yilda auksion orqali 243 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotilgan — IIV YHXBB

    19.02.2021, 20:10

    Jizzax shahridagi plastmassa quvurlar ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi

    19.02.2021, 19:47

    Shavkat Mirziyoyev avval paxta tozalash zavodining dala hovlisi bo‘lgan binoda yashayotgan qariyalarga yangi “Saxovat” uyi qurib berilishini aytdi

    19.02.2021, 19:26

    “Mahalla ahvolini qaranglar, bu sizning yuzingiz”. Prezident Namangan shahri hokimi va “Bunyodkor” mahallasiga mas’ul prokurorga tanbeh berdi

    19.02.2021, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.