Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent– Frankfurt–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar tiklangani haqida e’lon qildi.
Qayd etilishicha, qatnovlar 4 va 18-mart kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkent–Frankfurt: uchish – 06:15, qo‘nish – 09:05;
- Frankfurt–Toshkent: uchish — 11:05, qo‘nish – 21:20.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Germaniya bilan aviareyslarni to‘xtatish bo‘yicha joriy etilgan cheklov 11-fevral kuni bekor qilingandi.
Bundan avval Toshkent–Nur-Sulton–Toshkent yo‘nalishida aviareyslar soni ko‘paytirilishi, Eronning Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchiligi hamda Farg‘ona va Urganch o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)