Markaziy bank 17-fevraldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,91 so‘mga pastlab, 10 527,18 so‘mni tashkil qildi. Yevro 3,81 so‘mga ko‘tarilib, 12 794,21 so‘m bo‘ldi.
Bir kun avval, 15-fevral kuni dollarning rasmiy kursi 9,26 so‘mga ko‘tarilib, 10 540,09 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda 15-fevraldan boshlab valyuta kursi haftada bir marta emas, har kuni e’lon qilinishi belgilangan.
Izoh (0)