• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda “Burdalangan murda ishi” bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Jinoyatchilardan biri — “Zulfiya” mukofoti sohibasi

    Toshkent shahrida 31 yoshli tadbirkorni o‘ldirib, uning jasadini bo‘laklarga ajratib tashlagan va ijaraga olingan hovliga ko‘mib yuborganlar ustidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

    Ko‘rsatuvda ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 8-may kuni Uchtepa tuman IIBga fuqaro Nigora Payzibekova murojaat qilgan va 1989-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Ravshan Rahmatullayev 7-may kuni soat 10:00 da o‘z ishlari bilan Lacetti mashinasida uydan chiqib ketgani va shundan keyin qaytib kelmaganini ma’lum qilgan.

    Aniqlanishicha, Ravshan Yunusobod tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan Jamoliddin Orifboyev bilan tanish bo‘lgan. Jamoliddin 2020-yil yanvar oyida Ravshandan keyinchalik sotib olish sharti bilan Spark mashinasini ijaraga olgan. Biroq Jamoliddin pullarni o‘z vaqtida to‘lamagani sababli Ravshan u bilan og‘zaki tortishib qolgan va achchiq ustida avtomobilni qaytarib olgan. Ravshan boshlang‘ich to‘lov sifatida berilgan 2000 dollarning 1000 dollarini mashinasi yukxonasidan olib bergan. Jamoliddin mashina yukxonasida katta miqdorda pul borligini ko‘rib qolgan.

    Ilgari o‘g‘rilik va bosqinchilik jinoyatlari uchun sudlangan Jamoliddin Ravshanning pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Mirmaqsud Mahkamov va Sevara Abdulhakimova bilan jinoiy til biriktirgan. Jamoliddin Telegram orqali o‘zini ayol kishi sifatida tanishtirib, Ravshan bilan muloqotga kirishgan. Ravshan Telegram’da tanishgan “Imona” ismli qiz bilan 2020-yilning 7-may kuni uchrashishga kelishgan. O‘z vaqtida karate bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Sevara Abdulhakimova uchrashuvga chiqib, o‘zini Imonaning singlisi sifatida tanishtirgan va opasining oldiga olib borishini aytib, Ravshanni Jamoliddinning Yunusoboddagi uyiga olib borgan.

    Uyda taxta bilan qurollanib, yuziga niqob taqib olgan Jamoliddin va Mirmaqsud Ravshanni urib-tepib, uni stulga bog‘lab o‘tkazib qo‘yadi. Bosqinchilar jabrlanuvchining yonidagi 400 dollar va 1 million so‘m pulini olib qo‘yib, undan yana pul talab qiladi. Ravshan Telegram orqali ota-onasiga xabar yuborib, mashina olish uchun 29 ming dollar kerakligini, uni biznes hamkori Muzaffar Sagatov orqali berib yuborishligini so‘raydi. Jinoyatchilarning tahdidi ostida bu gaplarni otasiga telefon qilganda ham takrorlaydi. Muzaffar Sagatov Ravshanning telefonda bergan ko‘rsatmasi asosida Yunusobod tumani Markaz-5 mavzesida o‘zini “Aziz” deb tanishtirgan Jamoliddin bilan ko‘rishib, unga 29 ming dollarni berib yuborgan.

    Jamoliddin oyoq-qo‘llari bog‘langan Ravshanni mashina yukxonasiga joylashtirib, Yashnobod tumanida ijaraga olgan xonadoniga olib borgan. Bu yerda ham Ravshandan yana pul talab qila boshlagan. Ravshandan rad javobini olgach, uning yuz va bosh qismiga urib, bo‘ynidan bo‘g‘ib qasddan o‘ldirgan. Jamoliddin jinoyatini yashirish maqsadida Qo‘yliq dehqon bozoridan yollanma ishchilar olib kelib, hojatxona uchun deb chuqur qazdirgan. So‘ngra Ravshanning boshi, qo‘llari va oyoqlarini tanasidan ajratib, bo‘laklarga bo‘lib chuqurga ko‘mib yuborgan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining hukmiga ko‘ra:

    Jamoliddin Orifboyev Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining “v”, “i” bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni; tamagirlik niyatida qasddan o‘ldirish), 134-moddasi (qabrni tahqirlash), 164-moddasi 4-qismining “a” bandi (juda ko‘p miqdorda bosqinchilik), 169-moddasi 3-qismi “a” (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘rilik) bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan, jazolar qisman qo‘shiluvi bilan uzil-kesil 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Mirmaqsud Mahkamov va Jamoliddin Orifboyev.

    Mirmaqsud Mahkamov va Jamoliddin Orifboyev.
    Kadr: “O‘zbekiston” telekanali

    Mirmaqsud Mahkamov Jinoyat kodeksining 164-modda 4-qismi “a” (juda ko‘p miqdorda bosqinchilik) bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, shu modda bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

    Sevara Abdulhakimova Jinoyat kodeksining 164-modda 4-qismi “a” (juda ko‘p miqdorda bosqinchilik) bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Ma’lumot uchun, Sevara Abdulhakimova 2014-yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

    Sevara Abdulhakimova.

    Sevara Abdulhakimova.
    Foto: “O‘zbekiston” telekanali / O‘zA
    15.02.2021, 22:10   Izoh (0)   220367
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyadan O‘zbekistonga import qilingan urug‘larda virus aniqlandi

    15.02.2021, 21:46

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygani haqidagi xabarlar asossiz ekanligi ma’lum qilindi

    15.02.2021, 21:34

    Ekologiya qo‘mitasi To‘dako‘l sohilida yirik mavjudot topilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    15.02.2021, 21:11

    Navoiyda COVID-19 bemorlarini davolash uchun moslashtirilgan so‘nggi markaz yopildi

    15.02.2021, 20:23

    Adliya vaziri O‘zbekistonda mitinglar o‘tkazish SSSR qonunlari bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi

    15.02.2021, 19:46

    Toshkent—Namangan—Andijon yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 16-fevraldan yo‘lga qo‘yiladi

    15.02.2021, 19:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.