Ish, o‘qish yoki muhim uchrashuvga borishi kerak bo‘lgan, ammo dazmol qilishga vaqti yo‘qlar uchun ushbu layfxaklar ayni muddao.
Yoqa g‘ijim bo‘ladigan bo‘lsa:
Yoqani soch dazmoli orasiga qo‘yib, bir necha soniya davomida tekislab olishingiz mumkin.
G‘ijim ko‘p bo‘lmaydigan bo‘lsa:
Biroz suv seping va barmoqlaringiz bilan tekislang, keyin esa kiyim qurishini kuting.
Mato tez g‘ijim bo‘ladigan bo‘lsa:
Mato tez g‘ijim bo‘ladigan bo‘lsa, iz tushib qolishining oldini olish uchun taxlab, sochiqlar orasiga qo‘ying.
Ko‘p kiyimlarni joylash kerak bo‘lsa:
Chamadonga maksimal darajada ko‘p kiyim joylash va g‘ijim bo‘lishining oldini olish uchun ularni rulon (o‘ram) qilib taxlash kerak.
Izoh (0)