Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 23-turida “Atletiko” 13-fevral, shanba kuni “Granada” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 63-daqiqada Markos Lyorente madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq oradan uch daqiqa o‘tib maydon egalari Yanxel Erreraning golidan keyin muvozanatni tikladi.
74-daqiqada “Atletiko” futbolchisi Anxel Korreaning zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa “matraschilar”ning ochkolari 54 taga yetdi. Diyego Simeone shogirdlari bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lib, eng yaqin ta’qibchini 8 ochkoga ortda qoldirmoqda. “Granada” (30) esa 8-pog‘onada qoldi.
La Liga
23-tur bahsi
13-fevral, shanba
“Granada” — “Atletiko” 1:2
Gollar: 0:1 – 63 Lyorente, 1:1 – 66 Errera, 1:2 – 74 Korrea.“Granada”: Ruy Silva, Neva, Herman Sanches, Valyexo, Fulke (Kina, 79), Kenedi (Puertas, 69), Eteki (Errera, 58), Machis (Soro, 79), Montoro (Gonalon, 69), Duarte, Molina.
“Atletiko M”: Oblak, Felipe, Savich, Ermoso, Saul, Karrasko, Kondogbia (Vrsalko, 46), Koke, Lyorente, Korrea, Suares.
Ogohlantirishlar: Suares (39), Saul (43), Savich (77), Koke (88), Karrasko (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)