Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-turida “Jenoa” 13-fevral, shanba kuni “Torino” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvda teng kurash kechdi, ikkala jamoa vakillarida golga tortadigan bir qator vaziyatlar bo‘lgan bo‘lsa-da o‘yin oxirigacha hisob ochilmadi.
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov uchrashuvning 46-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va uchrashuv yakuniga qadar harakat qildi.
“Jenoa” ochkolarini 25 taga yetkazib olgan holda 11-pog‘onada bormoqda. “Torino” esa 17 ochko bilan 17-o‘rindan joy olgan.
Genuyaliklar keyingi turda “Verona”ni qabul qilsa, “Torino” “Kalyari” maydoniga safar qiladi.
A Seriya
22-tur bahsi
13-fevral, shanba
“Torino” — “Jenoa” 0:0
“Torino”: Sirigu, Singo, Itsso, Nkulu, Ansaldi (Murru, 79), Mandragora, Lukich (Bazelli, 71), Rinkon (Linetti, 79), Bremer, Belotti, Zaza (Verdi, 71).“Jenoa”: Perin, Chiborra, Masyello, Krishito (Goldaniga, 18), Zappakosta, Zayts, Radovanovich, Strotman, Rovella, Pandev (Shomurodov, 46), Destro (Pyatsa, 77).
Ogohlantirishlar: Krishito (10), Rovella (38), Goldaniga (60), Bremer (79), Itsso (85), Radovanovich (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)