Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan Toshkentning “Lokomotiv” va Rossiyaning “Rotor” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan nazorat uchrashuvi bekor qilindi.
Volgogradliklar klubi uchrashuv “Lokomotiv”ning xohishiga ko‘ra bekor qilinganini ma’lum qildi: “Serquyosh O‘zbekistondan bo‘lgan raqiblarimizni kiyinish xonasi va maydonning holati qoniqtirmadi. Qo‘shni shahardan kelish uchun avtobusda bosib o‘tilgan 70 kilometrlik yo‘l “Lokomotiv” murabbiylar shtabini ikkilantirmadi ham”.
Bunga toshkentliklar matbuot xizmati quyidagicha javob qaytardi: “Kiyinish xonasi — 1 metrga 1 metr. O‘yin — bekor qilindi. “Rotor” — Volgograd. Mehmonlarga nisbatan ajoyib munosabat”.
Раздевалка = Метр на метр
— PFC Lokomotiv🚂💨 (@LokomotivUzb) February 10, 2021
Игра = Отменена
Ротор = Волгоград
Отличное отношение к гостям😉 https://t.co/UV62srKy8O pic.twitter.com/NoS1tATFh9
“Lokomotiv” va “Rotor” o‘rtasidagi nazorat uchrashuvi 10-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 13:00) Turkiyaning Belek shahrida o‘tishi rejalashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, “Lokomotiv” avvaliga rossiyaliklarni o‘zi yig‘in o‘tkazayotgan shaharga taklif qilgan, biroq “Rotor” bunga rad javobini berib, uchrashuvni o‘z qarorgohiga yaqin joyda o‘tkazishni xohlagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)