Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-5) va yengil divizion sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Porye (27-6) o‘rtasidagi uchinchi jang tashkil etilishi mumkin.
Bu haqda insayder Ariel Helvani xabar qilmoqda.
“Hozir, ikki hafta o‘tib barchasi may oyida Dastin Porye va Konor Makgregor o‘rtasidagi uchinchi jang o‘tkazilishiga qarab ketmoqda.
Jang kamar uchun bo‘ladimi? Hozir bu masala so‘roq ostida qolmoqda. O‘ylashimcha, bu jang titul uchun kechmaydi”, — deydi Helvani.
Eslatib o‘tamiz, UFC 257 musobaqasining asosiy jangida Porye irlandiyalik sportchini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Ular o‘rtasidagi ilk jang 2014-yilda bo‘lib o‘tgan va unda Konor 1-raunddayoq Poryeni taslim etgandi.
Izoh (0)