Daryo

Bor-yo‘g‘i to‘rtta mahsulot ketadigan go‘shtli maffinlar tayyorlab ko‘ring

Oz mahsulot bilan ham antiqa yegulik tayyorlash mumkin

1 daqiqa o‘qish30 154 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Hi-chef.ru”

Maffinlar odatda faqatgina shirinlik bo‘ladi, deydiganlar adashadi. Go‘shtli maffinlarni, albatta, tayyorlab ko‘ring.

Foto: “Hi-chef.ru”
Kerakli mahsulotlar:
  • qiyma go‘shti − 500 gramm;
  • tuxum − 1-2 dona;
  • pishloq − 100 gramm;
  • ko‘kat va tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Qaynatilgan tuxum va pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Ko‘katlar mayda to‘g‘raladi. Tuz sepib, aralashtiriladi.
  2. Qiyma go‘shti maffin uchun mo‘ljallangan qoliplarga solinadi. Qolipga joylashtirilgan go‘shtlarning markazida biroz chuqurcha hosil qilinadi.
  3. Pishloqli aralashma go‘sht markaziga joylashtirilib, qoshiq bilan biroz bosib qo‘yiladi.
  4. 180 daraja pechga 25-30 daqiqaga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar