Nonushta uchun mazali, to‘yimli va eng muhimi, tezpishar taom tayyorlash kerakmi? Mish-mash omleti uchun esa bor-yo‘g‘i 15 daqiqa yetadi.
Kerakli mahsulotlar:
- pomidor − 3 dona;
- bulg‘or qalampiri − 3 dona;
- piyoz − 1 dona;
- sarimsoq − 2 bo‘lak;
- o‘simlik yog‘i − 2 osh qoshiq;
- feta pishlog‘i − 400 gramm;
- tuxum − 6 dona;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Pomidor ustiga qaynoq suv quyilib, po‘sti ajratib olinadi va mevasi katta bo‘laklarga bo‘linadi.
- Bulg‘or qalapmiri, piyoz va sarimsoq to‘g‘raladi.
- O‘rta olovda piyoz va sarimsoq qovuriladi.
- Ustidan bulg‘or qalampiri solinadi va 5 daqiqaga dimlanadi.
- So‘ngra pomidor solinib, yana 5-7 daqiqaga dimlanadi.
- Pishloq maydalanadi, tuxum bilan tuz va ziravorlar aralashtiriladi.
- Tovada pishayotgan sabzavotlarga avval pishloq, so‘ngra tuxumli aralashma quyiladi. Bir necha daqiqa davomida pishiriladi.
- Pishishidan 2-daqiqa avval to‘g‘ralgan ko‘katlar sepiladi va dimlanadi. So‘ngra dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Mavzuga doir:
Izoh (0)