• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dasturdan asosiy maqsad qog‘oz yoki hisobot emas, balki odamlar hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilish”. Prezident davlat dasturiga bag‘ishlangan selektor o‘tkazdi

    Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-fevral, chorshanba kuni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonda 2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilingan edi. Shu borada tayyorlangan dastur loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, 2 mingdan ziyod takliflar, fikr-mulohazalar olindi, ular asosida qayta ishlanib, yanada boyitildi.

    Ushbu takomillashgan davlat dasturi Prezidentning 2021-yil 3-fevraldagi farmoniga muvofiq qabul qilindi. Unda 273 ta band bor. Bu chora-tadbirlarni bajarish uchun qariyb 30 trillion so‘m, 2 milliard 600 million AQSh dollari va 57 million yevrodan ziyod mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

    Qayd etilishicha, davlat dasturining asosiy maqsadi — yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirishga qaratilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Bu dasturni hanuz davom etayotgan pandemiya sharoitida, global inqiroz kuchayib borayotgan murakkab bir vaziyatda amalga oshirishimizga to‘g‘ri keladi. Har qancha qiyin bo‘lmasin, 500 ming nafar yosh va 200 ming ayolni ish bilan ta’minlash hamda 300 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish lozim.

    Agar ‘mahallabay’ tizimni joyiga qo‘yib, davlat idoralari dasturdagi vazifalarni qunt bilan, ilm bilan, aql bilan bajarsa, keskin o‘zgarish bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Shu bilan birga, rivojlanishdan ortda qolayotgan 33 ta tuman va og‘ir ahvoldagi 970 ta mahallaning yo‘li, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, irrigatsiya tarmog‘ini yaxshilash, tibbiyot va ta’lim tizimidagi islohotlarni eng uzoq qishloqlargacha yetkazish zarurligi qayd etildi.

    Buning uchun bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va tarmoq rahbarlari, hokimlar va sektor boshliqlari dastur ijrosini tuman va mahallaga tushib tashkil etishi, resurslardan oqilona foydalanib, tartib-intizom bilan qattiq mehnat qilishi talab etiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Rahbar ko‘p, mas’ullar ko‘p, lekin xalqning dardi bilan shug‘ullanadigan odam yo‘q. Hamma qarorlarni bajarsa bo‘ladi. Eng katta kamchilik — nazorat yo‘q, vazirlar, hokimlar o‘zini qiynamaydi”, — dedi Prezident.

    Videoselektor yig‘ilishida davlat dasturidagi ikkita katta yo‘nalish — iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarga oid vazifalar haqida so‘z bordi.

    “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha 113 ta chora-tadbir belgilangan. Bunda eng katta e’tibor yangi ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan.

    Xususan, o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lganlarga 7 million so‘mgacha subsidiya, kasbga o‘qimoqchi bo‘lgan ehtiyojmand aholiga 1 million so‘mdan kompensatsiya berilishi ko‘zda tutilgan.

    Mutasaddilarga ushbu mablag‘larni ajratish tartibini tasdiqlab, tezroq amaliyotga kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu orqali birinchi yarim yillikda 10 ming nafar, yil yakunigacha jami 20 ming nafar aholini ish bilan ta’minlash mumkin.

    Ma’lumki, dehqonchilik bilan shug‘ullanishni istagan yoshlarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer ajratish boshlandi. Davlat rahbari bu jarayonda adolat va halollik bosh mezon bo‘lishi, jamoatchilik fikri inobatga olinishi zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Oilaviy tadbirkorlik uchun ajratiladigan 6 trillion so‘mlik kredit mablag‘larini samarali yo‘naltirish, har bir mahallaning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, tadbirkorlik salohiyatini oshirish muhimligi qayd etildi.

    Qayd etilishicha, 2021- yilda 23 milliard dollar qiymatidagi investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 226 ta yirik sanoat va infratuzilma obyektini ishga tushirish belgilangan. Davlat rahbari bu boradagi barcha jarayonlarni doimiy monitoring qilib borib, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

    Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda 22 ta yirik ziyorat obyekti atrofini obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan. Shuningdek, aviatashuvchilarga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviachipta narxining 25 foizini, turoperatorlarga havo va temiryo‘l chiptalari narxining 15 foizini hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10 foizini qaytarish tartibi joriy etiladi. Ushbu yangi mexanizmlar orqali 2021-yilda 1,7 million nafar xorijiy hamda 7,5 million nafar ichki turistni jalb qilish mumkinligi ta’kidlandi.

    Ta’kidlanishicha, davlat dasturida belgilangan bunyodkorlik ishlari ko‘lami ham keng. Jumladan, 2021-yil yakuniga qadar 10 ming kilometrdan ortiq ichki va qishloq yo‘llarini ta’mirlash, 15 ming kilometr elektr tarmoqlari hamda 4 mingta transformatorni yangilash, 700 dan ortiq aholi punktiga toza ichimlik suvi yetkazish vazifasi belgilangan. Shaharlarda 21 mingta, qishloqlarda 8 ming 800 ta uy-joy barpo qilish rejalashtirilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda ushbu chora-tadbirlar hududlar kesimida muhokama qilinib, mutasaddilarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi. Kommunal xizmatlar tizimini yanada yaxshilash, ko‘p qavatli uy-joy fondini va liftlarni ta’mirlash, ko‘priklarni rekonstruksiya qilib, kadastrini yaratish zarurligi ta’kidlandi.

    “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari joylardagi “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, shakllantirilishi hamda mahalliy kengashlarga kiritilishi belgilandi.

    2021-yilda jami 320 ming gektar yangi yerlarni qayta foydalanishga kiritish hamda ularga ekinlarni oqilona joylashtirish, nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish va suvni tejash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlarini ko‘paytirish, buning uchun 2021-yilda qiymati 6 trillion so‘mlik 1 ming 500 ta yangi loyihani ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

    Davlat dasturida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiyot, ta’lim hamda boshqa gumanitar sohalarni rivojlantirishga qaratilgan 93 ta band bor. Videoselektor yig‘ilishida ularning eng muhimlariga to‘xtalib o‘tilib, ijrosini ta’minlash choralari belgilandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etib, unga budjetdan 100 milliard so‘m ajratish, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari grantlarini jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 2021-yil 1-sentabrga qadar mehribonlik uylarining muhtoj bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

    2021-yil 1-iyundan boshlab, pensiya tayinlashda 2005-yildan avvalgi yillar uchun ish stajini shaxsning mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash tartibi joriy etilmoqda. Buning natijasida, yil yakuniga qadar 100 ming, kelgusi yilda yana 200 ming fuqaro ortiqcha sarson bo‘lmay pensiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Budjet hisobidan 2021-yilda 22 ta bolalar bog‘chasi va 31 ta yangi maktab qurish, har bir tumanda fizika faniga ixtisoslashgan bittadan maktab tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Aholi salomatligi haqida so‘z borar ekan, koronavirusga qarshi emlash boshlanishi aytildi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga birinchi navbatda emlanishi zarur bo‘lgan aholi toifasini belgilab, elektron ro‘yxatini shakllantirish, oilaviy poliklinika va qishloq shifokorlik punktlaridagi 3 mingdan ziyod emlash bo‘limlari va qo‘shimcha 800 ta mobil brigada tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Madaniyat markazlari, muzeylar va teatr binolarini ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    “Davlat dasturidan asosiy maqsad qog‘oz yoki hisobot emas, balki amaliy natijalarga erishish, odamlar hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilish. Buning uchun har bir rahbar o‘z faoliyatida natija ko‘rsatishi zarur va shart”, — deya ta’kidladi Prezident.

    Yig‘ilishda viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari davlat dasturini o‘z hududida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi, Adliya vazirligi dasturning har bir bandi ijrosi bo‘yicha “tumanbay” nazorat o‘rnatishi zarurligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Vazirlar Mahkamasi har oyda dastur ijrosini tanqidiy muhokama qilib, vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishiga ko‘maklashadi. Oliy Majlis palatalari har chorakda bosh vazir va hukumat a’zolarining davlat dasturi bajarilishi yuzasidan axborotlarini eshitadi hamda bu borada vazirlik va idoralar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar beradi.

    Videoselektor yig‘ilishida bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar davlat dasturi ijrosini tashkil etish rejalari yuzasidan axborot berdi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarurligini ta’kidladi
    • “15 kishidan ortiq odamga majlis qilmoqchimisan, bosh vazirdan ruxsat so‘raysan”. Prezident majlisbozlikka yo‘l qo‘yayotgan hokimlarni qattiq ogohlantirdi
    • Toshkent viloyatida elektr va maishiy texnikalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
    • Qashqadaryo hokimi hududdagi barcha hokimlar va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi

    10.02.2021, 23:40   Izoh (0)   14272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobodda daraxtga osilib qolgan cho‘l burguti qutqarildi (video)

    10.02.2021, 23:26

    Qashqadaryo hokimi hududdagi barcha hokimlar va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi

    10.02.2021, 23:17

    Toshkentdagi Do‘stlik bog‘i 49 yilga chet ellik investorga topshirilgani aytildi

    10.02.2021, 23:11

    Ekologik partiya “SUM” qarshisida “Istiqlol” majmuasining qurilishiga munosabat bildirdi

    10.02.2021, 22:56

    “Qarshi shahridagi mavjud ichki ko‘chalarni to‘liq ta’mirdan chiqarish uchun 79 mlrd so‘m kerak bo‘ladi”. Qashqadaryo hokimi Prezidentga hisobot berdi

    10.02.2021, 22:38

    Ekologiya qo‘mitasi matbuot kotibi unga nisbatan bosim o‘tkazilganini aytganidan so‘ng ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi

    10.02.2021, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.