• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Andijon va Toshkent viloyatlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bilan tanishdi

    Shavkat Mirziyoyev 8-fevral, dushanba kuni Andijon va Toshkent viloyatlaridagi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Dastlab 2021-yilda ishga tushiriladigan loyihalar haqida axborot berildi. Xususan, Andijon viloyatida umumiy qiymati 1 milliard 433 million dollar bo‘lgan 616 ta loyiha foydalanishga topshiriladi. Sohalar kesimida aytganda, ularning 258 tasi — sanoat, 185 tasi — xizmat ko‘rsatish, 173 tasi — qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida.

    Bularning natijasida qariyb 10 trillion so‘mlik ishlab chiqarish quvvati tashkil etilib, 95 million dollarlik import o‘rnini bosish hamda 265 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. 61 mingta yangi ish o‘rni ochiladi.

    Xususan, “Tetrateks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Baliqchi tumanida to‘qimachilik kompleksi tashkil qilinmoqda. 2021—2022-yillarda to‘rt bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihaning jami qiymati 126 million yevro. Korxona ip-kalavadan boshlab tayyor trikotaj mahsulotlarigacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. 2021-yil oxirida ishga tushiriladigan birinchi bosqichda 2 ming 500 ta, barcha bosqichlar yakunida esa 10 mingta ish o‘rni yaratiladi.

    Bu kabi loyihalar bo‘yicha jadal ish olib borish bilan birga yangilari ham shakllantirilmoqda. Masalan, Andijon viloyatida umumiy qiymati 782 million dollar bo‘lgan 53 ta yangi investitsiya loyihasi ishlab chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Taqdimotda ushbu loyihalarning istiqbollari, moliyalashtirish manbalari va infratuzilma masalalari yuzasidan ma’lumot berildi.

    Davlat rahbari loyihalarni ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan mahallalarda joylashtirish, davlat-xususiy sheriklik asosidagi korxonalarni ko‘paytirib, bandlikni oshirish muhimligini ta’kidladi.

    Toshkent viloyatida 2021-yil 355 ta loyiha ishga tushiriladi. Umumiy qiymati 1 milliard 624 million dollar bo‘lgan mazkur loyihalarning 198 tasi sanoat, 81 tasi xizmat ko‘rsatish, 76 tasi qishloq xo‘jaligi sohasidadir. Bularning samarasida qariyb 35 milliard so‘mlik ishlab chiqarish quvvati yaratilib, 13 ming kishining bandligi ta’minlanadi. 48 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi va 42 million dollarlik eksportbop mahsulot ishlab chiqariladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, viloyatda 187 ta yangi investitsiya loyihasi rejalashtirilmoqda. Taqdimotda ularning eng yiriklari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

    Masalan, “Metal produkt” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 25 million dollar evaziga Ohangaron shahrida metall mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Uning quvvati yiliga 60 ming tonna bo‘ladi. 2021-yil may oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan korxonada 150 kishi ish bilan ta’minlanadi.

    “Angren” erkin iqtisodiy zonasida velosipedlar, Qibray tumanida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari ham ichki bozor uchun juda muhim.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident sanoatga ilm va innovatsiyalarni faol jalb etish, mahsulotlar sifatiga alohida e’tibor qaratib, xaridorgirligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Toshkent viloyatining transport va turizm salohiyatidan oqilona foydalanib, xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbariga yo‘llar sifati bo‘yicha tanbeh bergani, ichki yo‘llarni arzon qurish texnologiyasini ko‘zdan kechirgani hamda Prezidentning Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasida mahalliy aholi bilan uchrashuvi haqida xabar berilgandi.

    08.02.2021, 23:11   Izoh (0)   17066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 9 yoshli qizning telefonini tortib olgan tilanchilar voqea qanday sodir bo‘lganini so‘zlab berdi

    08.02.2021, 21:34

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 2020-yilda qancha mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi

    08.02.2021, 21:22

    Buxoroda ikki ayolga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    08.02.2021, 21:10

    Toshkent viloyatida o‘quvchi boshpanasiz itlarning otilishiga qarshi chiqqan faolning boshini g‘isht bilan urib yordi

    08.02.2021, 20:47

    Oliy sud surxondaryolik bloger bo‘yicha bayonot berdi. Prokuraturaning qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirildi

    08.02.2021, 20:23

    Farg‘onada MIB xodimi 2 ming dollar pora bilan ushlandi

    08.02.2021, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.