Transfermarkt portali 2021-yilgi qishki transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan Yevropa klublari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra yanvar oyida transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagan klub “Vest Hem” bo‘ldi. Londonliklar uchta xarid uchun jami 26,4 million yevro sarflagan.
Keyingi o‘rinlarda “Ayaks” (22,5 million yevro) va “Manchester Yunayted” (21 mln) jamoalari bormoqda.
Eldor Shomurodovning “Jenoa”si 5 ta transfer uchun 18 million yevro sarflagan va reytingda 6-pog‘onada bormoqda.
Top-10 reyting bilan tanishing:
- “Vest Hem” (Angliya) — 36,4 million yevro
- “Ayaks” (Niderlandiya) — 22,5 mln yevro
- “Manchester Yunayted” (Angliya) — 21 mln yevro
- “Leypsig” (Germaniya) — 20 mln yevro
- “Monako” (Fransiya) — 20 mln yevro
- “Jenoa” (Italiya) — 18 mln yevro
- “Yuventus” (Italiya) — 18 mln yevro
- “Sporting” (Portugaliya) — 16 mln yevro
- “Aston Villa” (Angliya) — 15,8 mln yevro
- “Parma” (Italiya) — 14,9 mln yevro
- Yanvar xaridlari: qishki transferlar oynasida amalga oshirilgan eng qimmat transferlar
- APL klublari 2021-yilgi qishki transfer oynasida qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi
- Beyldan Neymargacha. Futbol tarixidagi eng qimmat transferlar
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)