Angliya Premyer Ligasida 1-fevraldan 2-fevralga o‘tar kechasi qishki transfer oynasi yopildi.
APLning 20 ta klubi transferlarga jami 84,2 million funt sarfladi.
Bu 2020-yilgi yanvar oyi bilan solishtirganda ancha kichik ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘tgan qishki transfer oynasida jamoalar 230 million funt sarflagandi. Rekord esa 2018-yilda qayd etilgan — 430 million.
Ushbu transfer oynasining eng qimmat xaridi “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘ldi. Mankunianlar “Atalanta” hujumchisi Amad Diallo uchun 37 million funt sarfladi, deya xabar qilmoqda Sky Sports. Ta’kidlash joiz, bu transfer yozda hal bo‘lgandi.
APL klublari ijarani hisobga olmaganda bor-yo‘g‘i 12 ta transferni amalga oshirdi. Ular ichida eng qimmati “Marsel”dan 15,5 million funt evaziga “Aston Villa”ga o‘tgan Morgan Sanson bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!