Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tatar milliy taomlari ham o‘zbeklarniki singari bir-biridan ajoyib va mazali. Marhamat, quyidagi retseptdan foydalanib, oila a’zolarni tatarcha echpochmak bilan xursand qiling.

Foto: “Hi-chef.ru”

Foto: “Hi-chef.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • un − 4,5 stakan;
  • suv − 1,5 stakan;
  • tuxum − 3 dona;
  • mol go‘shti − 500-600 gramm;
  • kartoshka − 7-8 dona;
  • piyoz − 1 dona;
  • eritilgan sariyog‘ − 0,5 stakan;
  • tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Go‘sht, kartoshka va piyoz mayda to‘g‘raladi. Tuz va ziravorlar, yog‘ qo‘shilib aralashtiriladi.
  2. Un, suv, tuxum va tuz aralashtirilib, xamir qoriladi. Xamir kichik bo‘laklarga bo‘linadi.
  3. Xamir bo‘laklari dumaloq shaklda yoyilib, o‘rtasiga “nachinka” qo‘yiladi va uchburchak shaklda xamir chetlari birlashtiriladi. Uchburchak qilib tugilgan echpochmak markazi biroz ochiq qoldiriladi.
  4. Echpochmaklar ustiga tuxum sarig‘i suriladi va pech qolipiga solinadi. Pechda bir soat davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi