Pomidor hamda pishloqning yoqimli ta’mi taomni yanada mazali qilishi shubhasiz.
Kerakli mahsulotlar:
- makaron − 300 gramm;
- sarimsoq − 1 bo‘lak;
- qora yirik murch − 10 dona;
- pishloq − 100 gramm;
- pomidor − 1 dona;
- mayonez − 150 gramm.
- Makaron avval suvda pishirib olinadi. So‘ngra maxsus idishga suziladi. Ustidan parrak qilib to‘g‘ralgan pomidor terib chiqiladi.
- Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi va pomidorning ustiga murch bilan sepiladi.
- Sarimsoq kattaroq to‘g‘ralib, massa ustiga sepiladi va mayonez yupqa qatlamda surtiladi.
- Pechga 10-20 daqiqaga qo‘yiladi. Taom issiqligicha ko‘katlar bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.