Daryo

Qatlamali xamirdan tezpishar go‘shtli pitssa-pirog tayyorlab ko‘ring

Pitssa-pirog eng sevib tayyorlanadigan yeguliklar qatoridan joy olishi aniq

1 daqiqa o‘qish28 580 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “food.noteru.com”

Yupqa va yumshoq xamirdan tayyorlanadigan go‘shtli pitssa-pirog bir zumda dasturxonda paydo bo‘ladi.

Foto: “food.noteru.com”
Kerakli mahsulotlar:
  • Xamirturushsiz qatlamali xamir – 500 gramm;
  • Go‘sht qiymasi – 500 gramm;
  • Piyoz – 1 dona;
  • Pishloq – 200 gramm;
  • Sirka 9 foizli − 100 ml;
  • Suv – 100 ml;
  • Ketchup – 3 osh qoshiq;
  • Tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:

Piyoz tozalanib, yarim halqa shaklida to‘g‘raladi. Ustidan sirkali suv quyilib, birozga qoldiriladi.

Foto: “food.noteru.com”

Qiyma go‘shti tovada qovurib olinadi. Ta’bga ko‘ra tuz, ziravorlar va qalampir ham qo‘shish mumkin.

Foto: “food.noteru.com”

Piyoz suvdan olib, biroz siqiladi.

Qatlamali xamirdan ikki bo‘lak yoyiladi.

Foto: “food.noteru.com”

Qandolat qog‘ozi ustiga xamir yoyiladi. Yuzasiga ketchup suriladi va ustidan qiyma solinadi. Go‘sht ustidan tuzlangan piyoz va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.

Foto: “food.noteru.com”

Ustidan ikkinchi qatlamali xamir yopiladi va pastdagi xamir bilan birlashtiriladi.

Foto: “food.noteru.com”

Pirog taxminan 180 daraja pechda 20 daqiqa davomida pishiriladi.

Foto: “food.noteru.com”

Tayyor bo‘lgan pitssa-pirog bo‘laklarga bo‘linib, dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!

Foto: “food.noteru.com”
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar