“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero yaqin bir necha hafta ichida jamoasiga yordam bera olmaydi, deya yozmoqda The Times.
Manbada qayd etilishicha, argentinalik futbolchi koronavirus asoratlaridan aziyat chekmoqda va yana bir necha hafta davomida tiklanish jarayonini boshdan kechiradi. Aguero mashg‘ulotlarga kirishgan bo‘lsa-da, hozirda faqat individual dastur bo‘yicha sport zalida mashg‘ulot olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Agueroda 21-yanvar kuni koronavirus aniqlangandi.
32 yoshli forvard APLning 2020/21-yilgi mavsumida 5 ta o‘yin o‘tkazib, biror marta ham raqib darvozasini ishg‘ol qilmadi.
“Shaharliklar” 22-turda 3-fevral, chorshanba kuni “Byornli” bila kuch sinashsa, 7-fevral, yakshanba kuni “Liverpul” bilan bahs olib boradi.
Izoh (0)