Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Yunayted” o‘z uyida “Sauthempton”ni qabul qildi va 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mankunianlar 2020/21-yilgi mavsumda ikkinchi marta Premyer Liga uchrashuvida 6 va undan ko‘proq gol urishga erishdi. Jamoa bungacha 2020-yilning 20-dekabrida bo‘lib o‘tgan “Lids”ga qarshi bahsda (6:2) 6 ta gol urgandi. Opta’ning xabar berishicha, “Yunayted” 2000/01-yilgi mavsumdan beri ilk marta bir mavsumda ikki bor 6 ta va undan ko‘proq gol urgan. 20 yil oldingi qurbonlar “Bredford” va “Arsenal” klublari bo‘lgandi.
Shuningdek, “Manchester Yunayted” APLning 2020/21-yilgi mavsumida ikkinchi bor 1-bo‘limning o‘zida 4+ gol urdi. “Yunayted” bunday natijani 1997/1998-yilgi mavsumdan beri ilk bor qayd etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Yunayted” yetakchi “Manchester Siti”ga ochkolar soni bo‘yicha yetib oldi. Hozirda Manchester klublarining hisobida 44 ochkodan bor, ammo “shaharliklar”ning 2 ta zaxira o‘yini bor. “Sauthempton” esa 29 ochko to‘plagan holda 12-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)