AQShda o‘tkazilgan kumushning fyuchers savdolari yopilganidan keyin uning narxi 11 foizga qimmatladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bergan.
The Guardian nashrining yozishicha, savdoda kumushning narxi bir unsiya uchun 30 dollardan oshgan, bunday holat 2013-yildan buyon kuzatilmagan edi.
Qimmatbaho metall narxining ko‘tarilishiga onlayn savdodagi xaridorlarning qiziqishi sabab bo‘ldi. Undan oldin WallStreetBets forumi ishtirokchilari Reddit platformasida kumushga sarmoya kiritishga chaqiruvchi xabarlarni qoldirgandi.
Forum ishtirokchilari kumush bozori yirik moliyaviy kompaniyalar manipulyatsiyasidan aziyat chekkan va bu metall narxining o‘sishi ularning faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkinligini qayd etgan.
The Wall Street Journal’da yozilishicha, onlayn treyderlar metall narxini oshirish orqali bozorda short-skviz holatini (aksiya narxining sun’iy tushirilishi) yuzaga keltirishni maqsad qilgan.
WallStreetBets forumi bir necha kun avval xuddi shunday yo‘l bilan GameStop kompaniyasi aksiyalarining keskin ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan edi.
2020-yilning iyul oyi oxirida dunyoda oltinning narxi yangi tarixiy rekordni qayd etgan, milliarder Sulaymon Kerimov oltin narxining rekord darajada o‘sishi sabab Forbes’dagi rossiyalik milliarderlar reytingida 1-o‘ringa ko‘tarilgandi.
Izoh (0)