• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Messi, Saloh va Ronaldu. 2021-yilda amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng shov-shuvli transferlar

    Koronavirus pandemiyasi tufayli ortda qolgan ikki transfer oynasida (2020-yilning yozidagi va 2021-yilning yanvar oyidagi) deyarli shov-shuvli transferlar amalga oshirilmadi. Ularda asosan kutilgan va intrigasiz xaridlar kuzatildi. Biroq kelayotgan yozgi transferlar vaqtida anchayin shovqinli bitimlarning imzolanishi kutilmoqda. Ulardan eng asosiylari haqida quyida fikr yuritiladi.

    Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”)

    Asosiy da’vogarlar: PSJ, “Real”, “Manchester Yunayted

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    So‘nggi ikki mavsumda portugaliyalik “keksa sinyora”ning eng sermahsul futbolchisiga aylandi va 2020/21-yilgi mavsumda ham nafaqat jamoasi, balki musobaqa to‘purarlar poygasida yuqori o‘rinlarda bormoqda. Ammo Krishtianuning “Yuventus”ni tark etish mumkinligi haqidagi gaplar tobora ko‘paymoqda. Turinliklar rahbariyati o‘tgan yilning yozida futbolchini sotish variantlarini ko‘rib chiqdi va hatto agenti orqali uni turli klublarga taklif ham qildi, biroq jiddiyroq hech narsa ko‘rinmadi.

    Mavzuga doir: “Yuventus” Ronalduni sotmoqchi. Krishtianuning navbatdagi manzili qayer bo‘ladi?

    “Yuventus”ning Ronalduni sotish istagini tushunsa bo‘ladi: shartnomasi 2022-yilning yozigacha tuzilgan portugaliyalik klubda eng yuqori maosh oladi (yiliga 31 million yevro), shuning uchun 117 million yevroga xarid qilingan o‘yinchini sotish uchun bu so‘nggi imkoniyat bo‘ladi. Aks holda esa Ronaldu Turin klubini erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda “Yuventus” va “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu va Pol Pogbani o‘zaro almashtirish variantini ko‘rib chiqayotgan ekan.

    Lionel Messi (“Barselona”)

    Asosiy da’vogarlar: “Inter”, PSJ, “Manchester Siti”, “Inter Mayami”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    O‘tgan yozda Lionel Messi va “Barselona” o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlik tarixi yakun topishiga bir baxya qolgandi. Mavsum oxirida argentinalik jamoa bilan mashg‘ulot olib borishdan ochiqchasiga bosh tortdi va shartnomadagi bandni faollashtirmoqchi edi, unga ko‘ra Messi transfer oynasi vaqtida “Barselona”ni bepul tark etishi mumkin edi. Ammo bandning amal qilish muddati cheklanganligi sababli Messi maqsadiga yeta olmadi. Bundan tashqari, klub rahbariyati ham argentinalikni jamoada olib qolish uchun bor imkoniyatini ishga soldi.

    Messining “Barselona” bilan shartnomasi 2021-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi va hozircha uni uzaytirish haqida hech qanday gap yo‘q. Shu sababli futbolchi hozirdanoq boshqa klublar bilan muzokara olib borish huquqiga ega. Ayni paytda argentinalik yulduzga “Inter”, PSJ va “Manchester Siti” klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Devid Bekhemning “Inter Mayami”si ham nafaqat Messi, balki uning sobiq jamoadoshi Luis Suaresga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar bor. Ushbu holatda Messi va Suares juftligi yana bir jamoa sharafini himoya qilishi mumkin bo‘ladi.

    Kilian Mbappe (PSJ)

    Asosiy nomzodlar: “Real”, “Chelsi”, “Liverpul”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2017-yildan beri PSJ sharafini himoya qilib kelayotgan Mbappening bolalikdagi orzularidan biri Parij klubida to‘p surish bo‘lgan ekan. PSJ Kilianing bu orzusi uchun 145 million yevro sarflagandi, albatta, o‘z foydasini ko‘zlagan holda. Biroq Mbappe 3,5 yil davomida Fransiya chempionatidagi doimiy ustunlik va Chempionlar Ligasidagi muntazam qoqilishlardan charchagani aniq. Boz ustiga futbolchining o‘zi ham Parij klubini tark etish istagini ochiqchasiga bildirgan. Ushbu vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan “Real” fransiyalik yulduzga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi. Shuningdek, “Chelsi” va “Liverpul” klublari ham da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan. Biroq bu yerda ko‘pchilik “Real”ning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Buning ustiga Mbappening bolalikdagi orzularidan yana biri “qirollik klubi”da o‘ynash bo‘lgan.

    Muhammad Saloh (“Liverpul”)

    Asosiy nomzod: “Real”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”ning muvaffaqiyatlarini Muhammad Salohsiz, misrlikning o‘zini esa “Liverpul”siz tasavvur qilish mushkul. Aynan shu yerda Saloh tom ma’noda dunyo yulduziga aylandi va “mersisaydliklar”ning uzoq kutilgan Chempionlar Ligasi va Angliya Premyer Ligasidagi g‘alabalariga beqiyos hissa qo‘shdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda Saloh yangi sarguzashtlar izlamoqda va do‘stlariga yaqin kelajakda “Real”ga o‘tishni xohlashini aytgan. O‘z navbatida ushbu kelishuv “Real” uchun ham, “Liverpul” uchun ham o‘zaro manfaatli bo‘lishi mumkin: “qirollik klubi” muammoli pozitsiyaga ajoyib futbolchini qo‘lga kiritsa, inglizlar uning o‘rniga keladigan futbolchi uchun yaxshigina mablag‘ni qo‘lga kiritishi mumkin. Misol tariqasida, yuqorida nomi qayd etilgan Mbappe uchun.

    Erling Holand (“Borussiya D”)

    Asosiy da’vogarlar: “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Real”, “Liverpul”, “Chelsi”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Katta ehtimol bilan bugungi kunda Yevropa grandlarining ko‘zi Erling Holandga qaratilgan. Faoliyatida aql bovar qilmas startni amalga oshirgan 20 yoshli futbolchi nafaqat debyut o‘yinlaridagi het-triklar va “Borussiya” asosiy tarkibidan joy olishi bilan, balki bir yil ichida Bundesliga darajasini ortda qoldirgani hamda dunyoning istalgan klubida o‘ynashga tayyor ekanligini isbotlagani bilan yodda qoldi. Shuning uchun hozirda har qanday klub norvegiyalikni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda, faqat Holandning qanday qarorga kelishini kutish qoldi, xolos. Ehtimoliy bitimning potensial miqdorini ham taxmin qilish qiyin emas. Katta ehtimol bilan u 2017-yilda “Barselona”dan PSJga o‘tgan Neymarning 222 million yevrolik rekordini ortda qoldirishi mumkin.

    Boshqa maqolalar:

    • “Manchester Yunayted”, “Torino” va “Paxtakor”. Futbol tarixidagi eng dahshatli aviahalokatlar haqida
    • Utopiya yoki halokatli haqiqat: Yevropa Superligasi haqida nimalar ma’lum?

    31.01.2021, 15:00   Izoh (0)   39839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Real”da qo‘nim topmagan va yana bir bor ijaraga berilgan Martin Edegor haqida

    31.01.2021, 14:00

    “Manchester Siti” Angliya futbolida tarixiy rekord qayd etdi

    31.01.2021, 13:00

    Floyd Meyvezerning bloger Logan Polga qarshi jangi koronavirus sabab bekor qilindi

    31.01.2021, 12:15

    “Manchester Yunayted” Angliya chempionatida klub rekordini qayd etdi

    31.01.2021, 11:20

    “Manchester Siti” 141 yillik tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

    31.01.2021, 10:40

    “Palmeyras” 99-daqiqadagi gol evaziga “Santos”ni mag‘lub etdi va Libertadores Kubogiga ega chiqdi

    31.01.2021, 08:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.