Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 21-turida “Chelsi” 31-yanvar, yakshanba kuni “Byornli”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida Sesar Aspilikueta londonliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchrashuv yakunlanishi arafasida Markos Alonso mezbonlarning ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Bu Tomas Tuxel qo‘l ostidagi jamoa uchun ilk g‘alaba bo‘ldi. “Chelsi” 33 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Byornli” (22) 16-pog‘onada bormoqda.
“Lester” safarda “Lids”ga qarshi bahs yuritdi. Avvaliga maydon egalari Harvi Barnsning goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Biroq “Lids” bunga uchta to‘p bilan javob qaytardi: Styuart Dallas, Patrik Bemford va Jek Harrisonning gollari mehmonlarga g‘alaba olib keldi.
Bu mag‘lubiyatdan keyin “Lester” (39) ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini ko‘kka sovurdi va 3-pog‘onada qoldi. “Lids” (29) esa 12-o‘ringa ko‘tarildi.
APL
21-tur bahslari
31-yanvar, yakshanba
“Chelsi” — “Byornli” 2:0
Gollar: 1:0 – 40 Aspilikueta, 2:0 – 84 Alonso.“Chelsi”: Mendi, Alonso, Tiago Silva, Aspilikueta, Ryudiger, Kovachich, Maunt (Haverts, 80), Jorjinyo, Hadson-Odoi (Jeyms, 73), Abraham (Pulishich, 46), Verner.
“Byornli”: Poup, Louton, Piters, Mi, Tarkovski, Vestvud, Kork, Breydi (Mumbongo, 76), Maknil, Vud (Gudmundsson, 62), Vidra (Rodriges, 57).
Ogohlantirishlar: Vestvud (60).
“Lester” — “Lids” 1:3
Gollar: 1:0 – 13 Barns, 1:1 – 15 Dallas, 1:2 – 70 Bemford, 1:3 – 84 Harrison.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)