• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ispaniyaning ayni paytdagi eng yaxshi jamoasi. “Atletiko”ning muvaffaqiyat sirlari

    Yevropa futbol jamoatchiligining bor e’tibori “Liverpul”ning APLda 2017-yilning aprelidan beri ilk marta o‘z maydonida mag‘lub bo‘lganiga (Angliya chempionati 18-turidan o‘rin olgan “Byornli”ga qarshi o‘yin 0:1) qaratilganida, Ispaniya La Ligasida Diyego Simeone boshchiligida madridliklar matonat va xarakter ko‘rsatib, “Eybar”dan ustun keldi. Shu tariqa “Atletiko” chempionatdagi yetakchiligini yanada mustahkamlab oldi.

    Xo‘sh, “Atletiko”ning 20/21-yildagi o‘ziga xos xususiyati nimada?

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Birinchidan, albatta, bu Luis Suaresni sotib olish bilan bog‘liqdir. Simeonega o‘z futbol falsafasi bo‘yicha aynan Suares kabi, deyarli barcha vaziyatlarda raqibni ayamaydigan va ularning hammasidan foydalana oladigan hujumchi yetishmayotgandi.

    Ungacha “matraschilar” safida markaziy hujumchi pozitsiyasida o‘ynagan Diyego Kosta va Alvaro Morata urugvaylikdan daraja jihatidan ancha pastda edi. Natijada, Luis har ikkalasini jimgina tarkibdan chiqarib yubordi (biri “Yuve”ga ijaraga berildi, ikkinchisi bilan shartnoma bekor qilindi) va ushbu mavsumda “Atletiko”ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Uning hisobida (La Ligada) 15 ta o‘yin 12 ta gol bor.

    Aynan Suares yuqorida qayd etilgan “Eybar”ga qarshi qiyin kechgan o‘yinda g‘alaba dublining muallifiga aylandi. To‘g‘ri, u hali Chempionlar Ligasida gol ura olgani yo‘q, ammo bu faqat vaqt masalasidir.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Jamoa muvaffaqiyatlaridagi keyingi muhim omil Markos Lyorentening maydondagi pozitsiyasi o‘zgarishi bo‘ldi. Diyego Simeone ushbu mavsumda uni hujum chizig‘iga yaqinlashtirdi. Sobiq tayanch yarim himoyachisi hozir forvard yoki hujumkor yarim himoyachi rolini bajarmoqda, faqatgina vaqti-vaqti bilan maydon markazidagi yoki o‘ng qanotdagi muammoli joylarda yordamlashmoqda, xolos. Ushbu o‘zgarishlar esa futbolchining foydali ish koeffitsiyenti, samaradorligining keskin o‘sishi va, albatta, transfer narxida o‘z aksini topmay qolmadi.

    Endilikda 25 yoshli ispaniyalik Suaresni to‘p bilan ta’minlashdan tashqari tez-tez o‘zi ham gol urishni kanda qilmayapti. Taqqoslash uchun Lyorente 2019/20-yilgi mavsumda 36 o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 5 assistni amalga oshirgandi. 20/21-yilda esa u 23 o‘yinda 7 ta gol va 5 golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shuningdek, Kiran Trippyer ham Ispaniyaga to‘laligicha moslashib oldi. Premyer Ligadan kelgan futbolchi agar o‘tgan mavsumni moslashishga sarflangan bo‘lsa, 20/21-yilgi mavsumda u sezilarli darajada yaxshi harakat qilmoqda. Jamoani Gabi tark etganidan so‘ng esa angliyalik futbolchida standartlarni bajarish borasida o‘ng oyoqli raqobatchi qolmadi hisob, shu sababli Kiran golli uzatmalar soni bo‘yicha o‘tgan yilgi chempionatdagi ko‘rsatkichini yangilashga ham ulgurdi:

    19/20-yilgi mavsum – 25 ta o‘yin, 4 ta golli uzatma,

    20/21-yilgi mavsum – 14 o‘yin, 5 ta assist.

    Simeonening standartlarga bo‘lgan alohida yondashuvi va ikkinchi qavatda o‘ynay oladigan yuqori toifadagi futbolchilar borligini hisobga olib, ko‘rsatkich aniq o‘sishda davom etadi. Trippyer mavsumning birinchi yarmida eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkichga ega bo‘lgandi. Hatto u bu borada yuqorida aytib o‘tilgan hujumchilarni ham ortda qoldirdi. Ammo yaqinda ingliz futbolchisi sport o‘yinlariga pul tikishda ayblandi. Shu tariqa uning barcha harakatlari bekor ketdi va bu o‘z navbatida “Atletiko”ning muvaffaqiyatlariga ham xavf soldi.

    Angliya futbol assotsiatsiyasi futbolchini 10 haftaga diskvalifikatsiya qildi va bu cheklov 2020-yilning 23- dekabridan barcha musobaqalarda kuchga kirdi. Shu sababli Trippyer allaqachon 4 ta liga o‘yinini ham o‘tkazib yubordi. Ammo shu yil boshida FIFA “Atletiko”ning apellyatsiyasidan so‘ng futbolchining 10 haftalik diskvalifikatsiyasini rasman to‘xtatib qo‘ydi. Hozirda jazoning unchalik og‘ir bo‘lmasligiga umid qilinmoqda.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Joa Feliks. O‘tgan mavsumda o‘ziga sarflangan mablag‘lar uchun mas’uliyat yukini his qilgan holda kutilgan o‘yinni namoyish eta olmagan portugaliyalik asta-sekin nimalarga qodir ekanini isbotlashni boshladi va ba’zida o‘yin taqdirini hal qilishda asosiy rollarni bajarmoqda. Nima bo‘lganda ham 21 yoshli iqtidor egasi Simeone jamoasi natijasiga tobora ko‘proq ta’sir o‘tkazmoqda.

    19/20-yilgi mavsum – 36 o‘yin, 9 ta gol, 3 ta assist

    20/21-yilgi mavsum – 23 o‘yin, 8 gol ta 4 golli pas.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Atletiko” muvaffaqiyatidagi yana bir muhim omil, bu Yannik Ferreyra Karraskoning qaytishi bo‘ldi. Belgiyalik Xitoyga pul ishlash uchun ketgach ham yana Yevropaga qaytib, u yerda yuqori darajada o‘ynash mumkinligiga yaqqol misoldir. Bir yil davomida “Atletiko”da ijarada o‘ynagan belgiyalik barqaror o‘yin ko‘rsatdi va hali ham Yevropaning eng yaxshi futbolchilari bilan raqobatlasha olishini isbotladi. Shu tariqa Yannik “matraschilar” rahbariyatini 2020-yilning yozida to‘laqonli shartnoma imzolashga ishontira oldi. Hozir Karrasko o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘laligicha oqlamoqda va chempionat o‘yinlarida uch bor eng yaxshi o‘yinchi deb topildi.

    19/20-yilgi mavsum – 16 o‘yin, 1 ta gol, 4 ta assist

    20/21-yilgi mavsum – 18 o‘yin, 3 ta gol, 5 ta assist

    Va, albatta, asosiy omil bu jamoaning himoya chizig‘i va darvozabonidir. “Atletiko” “quruq” o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, Simeone shogirdlari Ispaniya chempionatning 17 uchrashuvida atigi 7 ta gol o‘tkazib yuborgan, bu kuchli beshlik chempionatlari orasidagi eng yaxshi natijadir. Aslini olganda, “matraschilar” himoyasi doimo ishonchli o‘yinlari bilan mashhur bo‘lib kelgan, ammo joriy mavsumda ular har qachongidan ham ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Mario Ermosoning o‘yindan o‘yinga o‘sib borayotgani, Stefan Savich, Felipe va Xose Mariya Ximenesning ishonchli va barqaror o‘yinlari aksariyat hujumlarni zararsizlantirish kafolatini bermoqda. Darvozada Yan Oblak kabi o‘sishdan va mahoratini oshirishdan to‘xtamaydigan posbon bo‘lishi esa jamoaning Yevropada eng kam gol o‘tkazib yuborishini ta’minlaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Atletiko”ning himoyasi:

    19/20-yilgi mavsum – 38 o‘yin, 17 ta “quruq” o‘yin

    20/21-yilgi mavsum – 17 o‘yin, 11 ta “quruq”

    Ushbu “Atletiko”da barcha narsa mujassam. Mehnatsevarlik, xarakter, ishtiyoq, mahorat va zamonaviy futbolda kamdan kam uchraydigan futbolga bo‘lgan muhabbat. Klubdagi bu mukammal muvozanat qancha davom etishini hech kim bilmaydi, shuning uchun vaqtingizni behuda sarflamang va “Atletiko”ning o‘yinlarini tomosha qilib qoling.

    31.01.2021, 16:00   Izoh (0)   22104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Messi, Saloh va Ronaldu. 2021-yilda amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng shov-shuvli transferlar

    31.01.2021, 15:00

    “Real”da qo‘nim topmagan va yana bir bor ijaraga berilgan Martin Edegor haqida

    31.01.2021, 14:00

    “Manchester Siti” Angliya futbolida tarixiy rekord qayd etdi

    31.01.2021, 13:00

    Floyd Meyvezerning bloger Logan Polga qarshi jangi koronavirus sabab bekor qilindi

    31.01.2021, 12:15

    “Manchester Yunayted” Angliya chempionatida klub rekordini qayd etdi

    31.01.2021, 11:20

    “Manchester Siti” 141 yillik tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

    31.01.2021, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Model, xonanda, aktrisa: karyerasini shou-biznesdan boshlagan birinchi xonimlar (foto)

    Shou-biznes | 11 avgust, 09:38

    Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 09:25

    “Manchester Siti” futbolchisi “Everton”ga ijaraga beriladi

    Sport | 11 avgust, 09:18

    Tramp uysizlardan Vashingtonni tark etishni talab qildi

    Dunyo | 11 avgust, 09:13

    Isroil Al-Jazeera telekanalining besh nafar jurnalistini o‘ldirdi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 08:37

    Jomboy tumanidagi zapravka yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:27

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.