Klinik sinovlarning uchinchi bosqichi yakunlariga muvofiq, Amerikaning Novavax biotexnologik kompaniyasi vaksinasining samaradorlik darajasi 89,3 foizni tashkil etdi, deb yozadi “RBK” kompaniya matbuot xizmatiga tayanib.
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan sinovlarda 18 dan 84 yoshgacha bo‘lgan 15 mingdan ortiq kishi qatnashdi, 65 yoshdan kattalar 27 foizni tashkil etdi.2020-yil iyulida Novavax AQSh hukumati klinik sinovlar o‘tkazish uchun unga 1,6 milliard dollar ajratganini ma’lum qilgan, bir oydan keyin esa tadqiqotlarning ikkita bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgani e’lon qilingan edi.
Noyabr oyida Bloomberg koronavirusga qarshi vaksinalarning talabgirlik bo‘yicha reytingini e’lon qilgandi. Novavax unda dastlabki buyurtmalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi (1,4 milliard doza, shulardan 160 milliontasi — AQSh, 100 milliontasi — Yevropa uchun). Ushbu reytingda Britaniyaning AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi birinchi o‘rinda joylashdi, uchinchi o‘rinda — Johnson & Johnson vaksinasi.
Izoh (0)