Polshada koronavirus vaksinasini o‘g‘irlash bo‘yicha birinchi holat qayd etildi. Vaksinalar 27-yanvarga o‘tar kechasi Ilovo-Osada qishlog‘idagi xususiy tibbiyot muassasasidan o‘g‘irlab ketilgan, deb yozadi Polsat News.
“O‘g‘rilikni poliklinika xodimi aniqlagan. Shifoxonaning deraza oynalari sindirilgan”, – deydi politsiya.
Ta’kidlanishicha, o‘g‘ri 15 kishiga yetadigan vaksinani o‘g‘irlagan. Shifoxonada vaksinadan boshqa hech narsa olib ketilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil dekabr oyi boshida Polshada koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan oshgandi.
Izoh (0)