Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iz prezidenti So‘ronbay Jeenbekov mamlakatdagi norozilik va siyosoy inqiroz sharoitida iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Jeenbekov hukumat tarkibi almashganiga qaramay, ziddiyat va tajovuzkorlik susaymaganini, agar vaziyat yomonlashaversa, qurol ishlatishga majbur bo‘ladigan namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv sodir bo‘lishidan qo‘rqishini ta’kidlagan.

“Men hokimiyatda intilmayman. Qirg‘iziston tarixida o‘z xalqiga o‘q otgan va qon to‘kkan prezident sifatida qolishni istamayman. Shu sababli iste’foga chiqishga qaror qildim. Hech qanday hokimiyat mamlakatimiz bir butunligi va jamiyatdagi totuvlikdan ustun emas”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov 9-oktabr kuni mamlakatdagi vaziyatni huquqiy maydonga qaytarishni istashini va buning uchun barcha “zarur qarorlarni” imzolashga tayyor ekanligini aytgandi. “Joriy vaziyat yana qonuniy o‘zaniga qaytishi, barcha davlat tuzilmalari va hukumat qonuniy maqomga ega bo‘lishi va mamlakat to‘g‘ri yo‘lga tushib olishi bilan prezident lavozimidan ketishga tayyorman”, — degandi Jeenbekov.

14-oktabr kuni So‘ronbay Jeenbekov mamlakatning yangi bosh vaziri Sadir Japarov bilan uchrashuvda hozirgi paytda iste’foga chiqishga haqqi yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi