• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Guljahon Yo‘ldoshevani sudgacha aybdorga chiqargan Chirchiq shahri prokurori Bosh prokuraturaga ishga o‘tdi

    Chirchiq shahar prokurori Baxtiyor Ibrohimov Bosh prokuraturaning Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga tasdiqladi. Prokuror Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning ishi sudgacha yetib bormasidan uni aybdor degan fikrni ilgari surgan.

    Foto: Chirchiq shahar hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Chirchiq shahar hokimligi matbuot xizmati

    8-sentabr kuni Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, juda ko‘p miqdorda) hamda 207-moddasi 3-qismi “a” bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan edi.

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, 13-sentabrga kelib OAVlarda Chirchiq shahar prokurori Baxtiyor Ibrohimovning intervyusi chiqa boshladi. Prokuror unda tergovga qadar tekshiruv ishlari yakun topmagan, aybi hali to‘liq isbotlanmagan Guljahon Yo‘ldoshevaning ayblilik masalasiga keskin munosabat bildirgan edi. Bu bilan u aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmagan.

    Shundan so‘ng “Xabar.uz”da taniqli advokat Usmonxon Salohiddinovning mazkur holatga munosabati ham e’lon qilindi. Advokat o‘shanda “…prokuror janoblari mazkur intervyusida amaldagi jinoyat protsessual qonunchilik talablariga zid ravishda, hali tergovoldi harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov ma’lumotlarini oshkor qilishi o‘z-o‘zidan savol tug‘diradi: Jinoyat ishi dastlabki bosqichda ekanini tan olgan prokuror ayblov sudda nafaqat tasdiqlanishi, balki dalillar rad etilishi ham mumkinligini bilmaydimi yoki bila turib, qonunga zid tarzda bo‘lsa-da jamoat fikrini shakllantirishni, shu orqali sudga ta’sir o‘tkazishni maqsad qilganmi?”, — deya fikr bildirgan edi.

    Shuningdek, Salohiddinov prokurorning Konstitutsiyaning 26-moddasi (“jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, u aybi aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmaydi”) hamda amaldagi Jinoyat protsessual kodeksining 23-moddasi (“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi”) talablarini ham mensimaganini qo‘shimcha qilgandi.

    Tergov yakunlanib, ish sudga oshirilgan vaqtda advokat Xushnud Ahrorov “Gazeta.uz”ga Yo‘ldoshevaning cheklovlari juda qat’iylashtirilgani, uy qamog‘idagi shaxsga o‘rnatilgan “braslet” (elektron kuzatish vositasi) yetmaganidek, tibbiy yordamga borib-kelishda ham ichki ishlar xodimlari tomonidan nazorat qilinayotgani va ortiqcha bosim o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan edi.

    27-noyabr kuni Yo‘ldosheva va boshqalarga oid jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida ko‘rila boshlandi. Majlisda shifokorning advokati Xushnud Ahrorov “Dastlabki tergov organi jinoyat ishi boshidan to yakuniga qadar himoyam ostidagi Guljahon Yo‘ldoshevani nima bo‘lsa-da, ayblashga qaratilganiga guvoh bo‘lmoqdamiz”, — deb ta’kidlagandi.

    11-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisi oldidan Yo‘ldosheva maktabda o‘qiydigan farzandlariga bosim bo‘layotgani, uning uyi atrofida noma’lum shaxslar tomonidan unga qarshi ma’lumotlar to‘planayotgani hamda Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputati Jahongir To‘laganov tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘ziga nisbatan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar tarqatilayotganini aytgandi.

    Hozirda ish Jinoyat ishi bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi Sunnatillo Avlakulov boshchiligida ko‘rib chiqilmoqda. Unda besh nafar gumonlanuvchining 20 ta epizoddan iborat ayblov xulosasi bo‘yicha ko‘rsatuvlari tinglandi. Endilikda sudda guvohlar ko‘rsatuvlar bermoqda. Navbatdagi sud majlisi 1-fevral sanasiga belgilangan.

    28.01.2021, 20:10   Izoh (0)   27397
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi

    28.01.2021, 19:49

    Toshkentda shaxsiy avtomobilni metro yonidagi avtoturargohga qo‘yib, yo‘lni jamoat transportida davom ettirish bo‘yicha tizim ishlab chiqilmoqda

    28.01.2021, 18:46

    Toshkentda 2020-yilda 100 dan ortiq ko‘p qavatli binolar noqonuniy qurilgan

    28.01.2021, 18:12

    O‘zbekistonda tumanlar hokimlarining qisqa mehnat ta’tiliga qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi

    28.01.2021, 16:46

    O‘zbekistonda xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida orqaga qayrilib olish joylari yer ostidan yoki ustidan o‘tkaziladi

    28.01.2021, 16:23

    O‘zbekiston korrupsiya darajasi bo‘yicha Transparency International reytingida o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshiladi

    28.01.2021, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.