• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi

    Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, ushbu sammitni o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuv davlat rahbarlarining 2020-yil oktabr oyidagi muloqotlari davomida erishilgan.

    Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va alohida strategik sheriklik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari o‘rin oldi.

    Davlat rahbarlari tadbirni ochib, bir-birlarini samimiy qutlar ekan, ushbu sammit kirib kelgan yangi yilda ikkala tomon uchun ham birinchi uchrashuv ekanini alohida qayd etdi.

    Murakkab sharoitlarda yirik investitsiya va savdo loyihalarining amalga oshirilishi ta’minlandi, yangi kooperatsiya obyektlari ishga tushirildi. Janubiy koreyalik sheriklarning ko‘magi va ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan, mintaqa uchun noyob bo‘lgan zamonaviy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shular jumlasidan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston Prezidenti koreys tomoni yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarga salmoqli hissa qo‘shayotganini yuksak baholadi hamda ushbu xavfli kasallikning oldini olish, unga chalinganlarni samarali davolash va reabilitatsiya qilishda mamlakatga ko‘rsatilayotgan katta amaliy ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi.

    Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar borasida so‘z yuritar ekanlar, alohida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va hamkorlikni har tomonlama kengaytirish tarafdori ekanliklarini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Muntazam siyosiy maslahatlashuvlarni davom ettirish va parlamentlararo almashinuvlarni faollashtirish, mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha ikki tomonlama tadbirlar dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    Oliy, kasb-hunar va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish va restavratsiya qilish sohalaridagi hamkorlikning joriy va istiqbolli dasturlari ko‘rib chiqildi.

    Prezidentlar O‘zbekiston hududlarida Janubiy Koreya yetakchi universitetlarining filiallari va kadrlarni professional tayyorlash bo‘yicha qo‘shma markazlar soni ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek va koreys tillarini o‘qitishni kengaytirishga, shuningdek, koreys diasporasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Iqtisodiy sohada O‘zbekiston va Koreya hukumatlari va idoralari darajasida yo‘lga qo‘yilgan samarali ishlar qayd etildi. Prezidentlar investitsiya loyihalarini ilgari surish va yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal qilish maqsadida ushbu muloqotlarni davom ettirish topshirig‘ini berdilar.

    Ta’kidlanishicha, 2021-yilda janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jami 400 million dollargacha investitsiyalarni o‘zlashtirish kutilmoqda.

    Bundan tashqari, yuqori texnologik sohalarda, shu jumladan energetika, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika, qayta ishlash sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport va logistika, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlarda qiymati jami 3,4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 55 ta yangi loyiha tayyorlanmoqda.

    Ikki tomonlama ustuvor dasturlarni amalga oshirishda Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (EDCF) va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan samarali sheriklik olib borilayotgani yuksak baholandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbarlari o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish muhim ekanini ta’kidladilar. Keyingi yillarda tovar ayirboshlashda rekord ko‘rsatkichlarga erishildi.

    Eksport-import amaliyotlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni tekislash va ularning nomenklaturasini diversifikatsiya qilish masalalariga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish uchun fitosanitariya xizmatlarining hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.

    Shu maqsadda tomonlar erkin savdo to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimni imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydilar.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Mun Chje In O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi masalasiga har tomonlama ko‘maklashishini yana bir bor tasdiqladi.

    Sammit chog‘ida global va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

    Tomonlar BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida, shuningdek, yuqori texnologiyalar, “yashil” va raqamli iqtisodiyot sohalaridagi dasturlarni ilgari surish maqsadida “Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi doirasida yaqindan hamkorlikni davom ettiradi.

    O‘zbekiston Prezidenti Seulning Koreya yarim orolidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarini doimo qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Tomonlarning mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslari yuksak baholandi.

    Davlat rahbarlari ekologiya sohasidagi hamkorlik, shu jumladan Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtaldilar.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. Prezident Mun Chje In Prezident Shavkat Mirziyoyevga Janubiy Koreyaga tashrif bilan kelish to‘g‘risidagi taklifini tasdiqladi.

    Sammit yakunida “To‘rtinchi sanoat inqilobi”ga ko‘maklashish maqsadida raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum, EDCF bilan hamkorlik bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan 1 milliard dollarlik dasturni amalga oshirish bo‘yicha bitim, zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika va loyihaviy institut – Kimyoviy texnologiyalar markazini qurish loyihalari bo‘yicha zayom bitimlari imzolandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, yetakchi kompaniyalar darajasida mamlakat energetika infratuzilmasining muhim obyektlarini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

    Davlat rahbarlari har doimgidek ochiq, samimiy, konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tgan sammit yakunlaridan mamnun ekanliklarini qayd etdilar.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tomonlar onlayn-muzokaralar o‘z vaqtida o‘tkazilgani va natijadorligi jihatidan yuzma-yuz uchrashuvlar amaliyotidan qolishmaganini ta’kidladi.

    Prezidentlar do‘stlik va keng ko‘lamli sheriklik aloqalarini mustahkamlash, birodar mamlakatlar va xalqlar farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishda qat’iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanida yechimini kutayotgan eng muhim uchta muammo haqida gapirdi
    • Shavkat Mirziyoyev Kogonning ishdan olingan 4 ta sektor rahbarining bir yillik ish haqini kassaga to‘latish bo‘yicha topshiriq berdi
    • Shavkat Mirziyoyev yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish vazifasini DXXga yukladi

    28.01.2021, 19:49   Izoh (0)   12798
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda shaxsiy avtomobilni metro yonidagi avtoturargohga qo‘yib, yo‘lni jamoat transportida davom ettirish bo‘yicha tizim ishlab chiqilmoqda

    28.01.2021, 18:46

    Toshkentda 2020-yilda 100 dan ortiq ko‘p qavatli binolar noqonuniy qurilgan

    28.01.2021, 18:12

    O‘zbekistonda tumanlar hokimlarining qisqa mehnat ta’tiliga qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi

    28.01.2021, 16:46

    O‘zbekistonda xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida orqaga qayrilib olish joylari yer ostidan yoki ustidan o‘tkaziladi

    28.01.2021, 16:23

    O‘zbekiston korrupsiya darajasi bo‘yicha Transparency International reytingida o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshiladi

    28.01.2021, 16:11

    Toshkentda 1100 ga yaqin fuqaroni 8 mlrd so‘mga chuv tushirgan xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga sud hukmi o‘qildi

    28.01.2021, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.