O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 580,2 trillion so‘mni tashkil qildi, deya xabar qilmoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda 2019-yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6 foizni tashkil qilgan. Mahsulotlarning qiymati 341,5 trillion so‘m, xizmatlar esa 194,4 trillion so‘mni, shuningdek, soliqlar 44,3 trillion so‘mni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YaIMning hajmi 16,9 million so‘mni tashkil qilgan. Bu 2019-yilgiga qaraganda 0,3 foizga kamaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2020-yilning to‘qqiz oyi davomida 0,4 foizga o‘sgandi. Shuningdek, Jahon banki 2021-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sishini prognoz qildi. O‘zbekiston esa 2021-yilda iqtisodiy o‘sishni 5,1 foizga yetkazishni ko‘zlamoqda.
Izoh (0)