• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nega sud qarori o‘zgarib qoldi? Sudya bunga izoh berishdan bosh tortdi

    Bosh shifokor va “Daryo” jurnalisti o‘rtasida bo‘lib o‘tgan holatni ko‘rib chiqqan Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasining qarori sud zalida boshqacha, qog‘ozga ko‘chirilganida esa boshqacha aks etgani ma’lum bo‘ldi.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida Respublika teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori Oybek Ibrohimov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovni haqoratlab, ma’lumot olishda to‘sqinlik qilgani bois muxbir IIBga ariza bilan murojaat qilgan edi. Lekin jurnalistning idorama-idora sargardonligiga qaramay, Mirobod tumani ma’muriy sudi ko‘rib chiqish vaqti o‘tgan deb, ishni yopib yuborgandi.

    Mavzuga doir: Jurnalistning sakkiz oylik sargardonligi: Huquq posbonlari aybdor bosh shifokorni jarimaga tortolmayapti

    Shundan so‘ng “Daryo” muxbiri Toshkent shahar prokuraturasiga ushbu ishni qonuniy o‘rganib chiqishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi. Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasi arizani o‘rganib chiqib, kassatsiya protestida Mirobod tumani ma’muriy sudining 2020-yil 24-iyun kunidagi bosh shifokor Oybek Ibrohimovga nisbatan chiqarilgan qarorini noqonuniy va asossiz deb topib, ushbu qarorni bekor qilishni va ishni qo‘shimcha surishtiruvga yuborishni so‘rab protest kiritgan.

    Sud zalida boshqa, qog‘ozda boshqa qaror

    Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi G‘olibjon Davlatov raisligida bo‘lib o‘tgan 2020-yil 10-dekabr kunidagi kassatsiya instansiyasi sudida Mirobod tumani ma’muriy sudi chiqargan qarori qayta ko‘rib chiqildi. Sud avvalgi qarorni adolatsiz va asossiz deb topib, Mirobod tumani ma’muriy sudining 2020-yil 24-iyundagi Oybek Ibrohimovga nisbatan chiqargan qarorini bekor qildi.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    Sud zalida qaror o‘qilayotgan vaqtda sudya G‘olibjon Davlatov “Huquqbuzar Ibragimov Oybek Jo‘rayevichga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik holatlariga huquqiy baho berish uchun qo‘shimcha surishtiruv harakatlarini o‘tkazish uchun Toshkent shahar Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ish materiallari yuborilsin”, deb aytgan edi.

    Lekin sud qarorining qog‘oz variantida esa “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblangan Oybek Ibrohimovga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish hujjati qo‘shimcha surishtiruv harakatlarini olib borishlik uchun tuman ma’muriy sudi orqali Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB surishtiruv bo‘limiga yuborilsin”, deb yozilgan. Ya’ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik holatiga baho berish qismi tushirib qoldirilgan (sudning audioyozuvi tahririyatda mavjud).

    Sud qaroriga nima sababdan o‘zgartirish kiritilganiga izoh olish uchun sudya G‘olibjon Davlatov bilan “Daryo” muxbiri bog‘landi. Sudya hozir boshqa ishga o‘tgani bois ushbu qarorga izoh berolmasligini, agar qarordan norozilik bo‘lsa, yuqori turuvchi organga shikoyat qilish mumkinligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

    Ishni ko‘rib chiqishni asossiz rad etgan sudyaga jazo qo‘llaniladimi?

    Toshkent shahar ma’muriy sudi Mirobod tumani sudi chiqargan qarorini asossiz deb topib, bekor qildi.

    Kassatsiya instansiyasining qarorida Mirobod tumani ma’muriy sudi mazkur ishni 15 kunlik muddatda ko‘rib chiqish muddatini buzib, ishni oradan 40 kun keyin ko‘rilishiga yo‘l qo‘ygan, rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma’muriy ishni noto‘g‘ri tuzilgan deb, bayonnomani tuzgan organga asossiz qaytargani aniqlangani bayon etilgan.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    Haqli savol tug‘iladi: birinchi instansiyada Mirobod tumani ma’muriy sudi sudyasi Tolipov nima uchun bayonnomani asossiz qaytargan? Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi va Mirobod tumani ma’muriy sudi sudyasining xatti-harakatlariga Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi va Bosh prokuratura qonunda belgilangan tartibda baho berishi maqsadga muvofiqdir.

    26.01.2021, 21:23   Izoh (0)   36687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbari 638 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

    26.01.2021, 20:58

    Mahalla raislari va mazkur tizimda ishtirok etadigan barcha xodimlar Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘qitiladi

    26.01.2021, 20:46

    Gaz-zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi. Mas’ullar buni gaz bosimining pasayishi bilan izohlamoqda

    26.01.2021, 20:23

    “Andijonnoma” tahririyati o‘rnida Prezident maktabi quriladi. Tahririyat xodimlari ko‘chada qolishdan xavotirda

    26.01.2021, 20:12

    O‘zbekistonda elektr energetika sohasidagi standartlar qayta ko‘rib chiqiladi

    26.01.2021, 19:48

    Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qurilish sohasida 4 mingga yaqin ish o‘rinlari taklif etildi

    26.01.2021, 19:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kuvaytda noqonuniy spirtli ichimlikdan zaharlanib 23 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 24 avgust, 14:23

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05

    Niderlandiyada Falastinni tan olish va Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifi rad etildi

    Dunyo | 24 avgust, 13:42

    O‘zbekistonda xonandalar daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 13:21

    Oddiy insonlar bilan turmush qurgan Gollivud yulduzlari

    Shou-biznes | 24 avgust, 12:31

    Germaniya Rossiya va Belarus fuqarolari uchun gumanitar vizalar berishni qayta tikladi

    Dunyo | 24 avgust, 12:10

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:51

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanadi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.