Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Buxoroga tashrifini shamoldan zarar ko‘rgan Olot tumanidan boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Prezident Olot tumani markazida Olot, Qorako‘l, Jondor va Shofirkon tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashgan. Prezident matbuot xizmati tomonidan davlat rahbarining viloyatga tashrifiga bag‘ishlab ishlangan maxsus reportajida Shavkat Mirziyoyev amaldorlarga ko‘proq ishlash kerakligini maslahat berganini ko‘rish mumkin.
Uchrashuv davomida davlat rahbari fuqaro va amaldorlardan taklif va savollar so‘ragan. Shuningdek, quruq hisobot bilan cheklanayotgan mansabdorlarga kamroq gapirib, ko‘proq ishlashni maslahat bergan.
“Men siz bilan birinchi marta gaplashayapman. Kamroq gapiring… Menga qilgan ishlaringizni… Balandparvoz gaplar menga yoqmaydi, ish joyini tashkil qilib, kambag‘alni kamaytirish kerak. Eng katta maqsadim shu”, — deya qayd etadi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)