• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Ikki yoshimda otamni otib tashlashgan”. Bolaligida hojatxona tozalagan, hozir esa yiliga 15 mln yevro maosh olayotgan Rahim Sterling haqida

    “Ba’zan menga ijtimoiy tarmoqlarda shunday savol berishadi: ‘Rahim, sen futbolchilarning maoshidan xijolat bo‘lmaysanmi?’ Va keyin o‘zimga ham bu savolni beraman, lekin haqiqatan ham futbolchilarning maoshi meni xijolatga qo‘yadimi? Shunda o‘ylab qolaman: shuncha soatlik mashg‘ulotlar, yoqtirgan qizim qatnashgan bazmlarning o‘tkazib yuborilishi. Ushbu cheklovlarning barchasi og‘riq, nafrat va g‘azab uyg‘otadi. Boshqa futbolchilar uchun gapira olmayman, ammo men hozir olayotgan maoshimga loyiqman deb o‘ylayman”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Rahim Sterling bolaligi haqida gapirishni yoqtirmaydi. Jurnalistlar undan o‘tmishi haqida so‘raganda uning nigohi o‘chadi, tabassum ham yo‘qoladi. Muxtasar aytganda, Sterling yulduz bo‘lish uchun jahannamdan o‘tgan. U bolaligidagi og‘ir kunlarning birida o‘zini nabirasi tarbiyasiga bag‘ishlagan buvisiga ularning hayotini yaxshilayman deb va’da beradi.

    Yillar o‘tib Sterling o‘z va’dasini bajardi – Rahim qashshoqlikdan APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylandi (“Manchester Siti” bilan 2023-yilgacha tuzilgan shartnomaga ko‘ra u yiliga 15 million yevro oladi). Shuning uchun u buvisidan minnatdor bo‘lishi kerak.

    Sterlingning otasi Rahim ikki yoshda bo‘lganida otib tashlanadi. Onasi esa oilani ta’minlash uchun bolalariga vaqt ajrata olmasdi

    Intervyularidan birida Sterling Angliya terma jamoasiga chaqirilguniga qadar qaysi jamoada o‘ynashga ikkilanganini tan olgandi. Unda Yamayka varianti bo‘lgan, Sterling atigi 16 yoshida Amerika jamoasining asosiy tarkibiga taklif qilinadi. Ikkinchi variant – Angliya esa u uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelgan.

    Sterlingni Yamayka bilan nima bog‘laydi? U deyarli eslolmaydigan yovuzlik va yomon hodisalar. Ikki yoshdaligida otasi otishmada halok bo‘ladi. Oila yashagan hududga butun Afrikadan qochqinlar oqib kelardi. Uysizlar, giyohvandlar va jinoyatchilik u yer uchun odatiy hol hisoblanardi.

    Sterlingga omad kulib boqadi. Besh yoshga to‘lganida uning onasi Angliyada ishlashga taklif qilinadi. Va u darhol butun oilani o‘zi bilan birga olib ko‘chib o‘tadi. Angliyada yashash, ayniqsa, muhojirlar uchun oson bo‘lmasligi aniq edi. Shu bois oilada “chalg‘ish” uchun deyarli vaqt yo‘q bo‘lmagan. Sterling va boshqa farzandlar tarbiyasini Rahimning buvisi o‘z zimmasiga oladi. U ularni har kuni maktabga olib borar, hamma bilan uy vazifalarini bajarardi. Bir necha yil davomida Sterling ko‘chada o‘ynab yurib, futbolga mehr qo‘yadi. Shu tariqa yetti yoshida buvisi uni futbol to‘garagiga olib boradi.

    “Bolalikdagi eng yorqin xotiram – buvim bilan “Uembli”ga borganimizdir. Yo‘q, biron bir o‘yinni tomosha qilish uchun emas. Shunchaki stadionni ko‘rishni xohladik. Bu haqiqatan ham hayotimning oxiriga qadar yodimdan chiqmaydi. O‘shanda men unga bir kun kelib ushbu stadionda o‘ynashimni aytgandim”.

    Dastlab Sterlingda hamma narsa bor edi: iste’dod, boshqa bolalardan ustunlik va hokazolar. Ammo boshqa muhojirlar bolalar bilan muloqot tufayli vaziyat yomonlashdi. Shu sababli u ko‘p dars qoldirar va mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborardi.

    The Independent nashriga bergan intervyusida Sterling o‘sha davrlarni quyidagi eslaydi:

    “Men odatdagidek o‘spirin emasdim. Futbolga mehrim bo‘lakcha edi, lekin do‘stlarim bilan vaqt o‘tkazishni ham yaxshi ko‘rardim. Yodimda, jismoniy tarbiya o‘qituvchim darsdan keyin qolishimni iltimos qildi. Men hech narsadan shubhalanmasdan uning gaplarini tingladim. U mendan maydon va mashg‘ulotlardagi muvaffaqiyatlarim haqida so‘radi. Unga harakatlarim va gollarim haqida aytib berdim. Shunda u gapimni bo‘lib: ‘Eshit, Rahim, men sen haqingda hamma narsani bilaman. Sen Premyer Liganing eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lishing mumkin. Ammo hozir hech qayerga olib bormaydigan yo‘ldasan. Aniqlashtirib olishing kerak’, — dedi. Aynan uning mana shu so‘zlari butun faoliyatimni belgilab bergan”.

    Shuningdek, Sterling The Players’ Tribune uchun ham juda ta’sirli gaplarni aytgan:

    • “Men onamni deyarli ko‘rmasdim. U doimo ishlardi. Har doim. Kechasi mehmonxonani tozalasa, ertalab kafelarda hojatxonalarni yuvardi. Kun davomida esa ham o‘qir, ham ishlardi. Unga yordam berishga harakat qilardim, ba’zida men ham borib tozalardim. Bu arzimas narsa, lekin men uni qandaydir tarzda ovutishga harakat qilardim. Tasavvur qiling, kichkina bolakay pul uchun hojatxonalarni tozalamoqda. Men shunchaki onamga yordam berishni xohlardim”.
    • “Ehtimol, Yamaykadan ko‘chib o‘tish menga ta’sir qilgandir. Men juda yopiq bola edim. Hech kim bilan gaplashmasdim. Avvaliga do‘stlarim yo‘q edi. Bizni (bolalarni) har kuni ertalab maktabga olib boradigan avtobusdan nafratlanardim. Barcha bolalar guruh bo‘lib o‘tirardi, men esa oynadan qaragancha jim ketardim. O‘zimga o‘zim menda hammasi yaxshi ekani, aqldan ozmaganim va shunchaki jim yurishni yaxshi ko‘rishimni aytib ovutardim. Ammo keyin asta-sekin boshqalar bilan til topisha boshladim”.
    • “Arsenal” skautlari men bilan bog‘lanishganida necha yoshda bo‘lganimni eslolmayman. “Arsenal” Londonning eng katta klubi. Men nima qilgandim? Ha, atrofdagilarga yaqinda  “Arsenal”da o‘ynashimni aytdim. Onam — mening qahramonim. Shunda u meni to‘xtatdi va shunday dedi: ‘Eshit, sen “Arsenal”ga borishing kerak emas. U yerda senga o‘xshaganlar juda ko‘p. Sen doimo noyob bo‘lib qolishing kerak’. Shu tariqa KPRga (“Kuinz Park Reynjers”) tushib qolganman. Bu boshqa turmush darajasi edi, u yerda juda ko‘p chet elliklar bo‘lib, ular men bilan boshqacha muloqot qilardi. Ushbu o‘tishdan anchagina o‘sdim.
    • “Bir safar o‘smirlar terma jamoasi bilan “Uembli”ga yo‘l oldik. Avtobusda o‘zim yashagan hudud bo‘ylab yurardik. Ichimda o‘zimga o‘zim bu biz rolik uchgan avtoturargoh, bu biz chopib yurgan ko‘cha, bu esa do‘stim yashaydigan uy derdim. Men mana shulardan o‘tganman. Futbol tufayli bu yerlardan chiqib ketganman.
    Sterling xotira tatuirovkalariga ega. Ularning biri otasiga bag‘ishlangan

    Sterlingning tanasida 15 ta tatuirovka mavjud (2020-yil uchun ma’lumotlar) va u shu bilan kifoyalanmoqchi emas. Har bir tatuirovkaning o‘ziga xos ma’nosi bo‘lib, ularning aksariyati uning o‘tmishi bilan bog‘liq.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Misol uchun uning o‘ng oyog‘ida qurolning tasviri bo‘lib, aynan shuning uchun ko‘p marotaba tanqid ham qilingan. Biroq Sterling bundan vaziyatlarda o‘zini juda yaxshi tutadi va bu otasining xotirasi uchun qilinganini aytadi.

    “Yo‘q, men quroldan nafratlanaman. Zo‘ravonlik katta yomonlikni keltirib chiqaradi. Ammo men bu tatuirovkani ikki yoshimda otib tashlangan otam sharafiga chizdirganman. Men qanday og‘ir bolalikni boshdan kechirganimni abadiy eslash uchun bir qancha tatuirovkalarga murojaat qilganman. Albatta, bu mening hayotimda bo‘lgan barcha qiyinchiliklar emas. Ammo bu men har bir qiyinchilikka alohida tatuirovkani bag‘ishlayman ham degani emas. Ba’zilari uchun eskizlar shunchalik dahshatliki, ular bilan tanamni bulg‘ashni istamayman”.

    Manba

    Mavzuga doir: Uy, mashinalar va oila. “Manchester Siti” yulduzi Rahim Sterlingning hashamatli hayoti

    25.01.2021, 17:42   Izoh (0)   27063
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasman: “Chelsi” Frenk Lempardni iste’foga chiqardi

    25.01.2021, 17:05

    Buffon, Bekhem va 7 nafar braziliyalik. Neymar PSJning eng yaxshi sobiq futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi

    25.01.2021, 15:14

    Robert Levandovski faoliyatidagi 500-golni urdi. Faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida faqat 3 o‘yinchi undan oldinda

    25.01.2021, 14:43

    Osiyodan tashqarida to‘p suradigan 2020-yilning eng yaxshi osiyolik futbolchilari aniqlandi

    25.01.2021, 14:13

    Luis Suares La Ligada Krishtianu Ronaldudan keyingi eng yaxshi natijani qayd etdi

    25.01.2021, 13:56

    Braziliyada samolyot qulashi oqibatida 4 futbolchi va klub prezidenti halok bo‘ldi

    25.01.2021, 12:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.