PSJ hujumchisi Neymar klubning eng yaxshi sobiq futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.
Ramziy terma jamoa 2020-yilning iyun holati bo‘yicha tuzildi. Undan yetti nafar braziliyalik futbolchi o‘rin oldi.
Neymar talqiniga ko‘ra PSJ sobiq futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa:
Darvozabon: Janluiji Buffon (Italiya).
Himoyachilar: Dani Alves, Aleks da Kosta, David Luiz, Maksvell (barchasi — Braziliya).
Yarim himoyachilar: Tiago Motta (Italiya va Braziliya fuqarosi), Nene, Ronaldinyo (ikkisi — Braziliya), Devid Bekhem (Angliya).
Hujumchilar: Zlatan Ibragimovich (Shvetsiya), Jorj Vea (Liberiya).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)