“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Bundesliga doirasida kechgan “Shalke-04”ga qarshi 24-yanvar kungi bahsda (4:0) gol urishga erishdi.
Bu polshalik futbolchi faoliyatidagi 500-gol bo‘ldi. Levandovskining gollari quyidagicha taqsimlangan: “Znich Prushkuv” – 21, “Lex” – 41, “Borussiya D” – 103, “Bavariya” – 272, Polsha terma jamoasi – 63.
Shu tariqa Levandovski ayni damda harakat qilayotgan futbolchilar orasida ushbu natijani qayd etgan 4-o‘yinchiga aylandi. Avvalroq bu dovonni Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Zlatan Ibragimovich bosib o‘tgandi.
Joriy mavsum Robert Germaniya chempionatidagi 17 o‘yinda 23 ta gol urishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)