Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

5 oy ichida 40 kilogrammga ozishga muvaffaq bo‘lgan ayol vazn tashlashning asosiy siri bilan bo‘lishdi, deb yozadi The Times of India.

Foto: The Times of India

Foto: The Times of India

Saana Shetti 32 yoshda bo‘lib, shifokorlar unga yuqori xolesterin va qand kasali tashxisini qo‘ygan. “Shifokorlar menga vazn kamaytirishni yoki kasal bo‘lishga tayyor turishimni ma’lum qildi, − deb eslaydi Shetti. − Keyin ortiqcha kilogrammlardan qutulish vaqti keldi, deb qaror qildim”.

Avvalo, Shetti shakardan voz kechib, maxsus parhezga o‘tgan. Nonushta vaqtida u odatda karri ziravori va sarimsoqli souslar bilan bug‘doydan tayyorlangan quymoqlar iste’mol qilgan. Tushlik uchun esa an’anaviy sabzavotli sho‘rva, kechki ovqatga esa raga donidan tayyorlangan taomlar tanovul qilgan.

Bundan tashqari, u har kuni sayr qilishga odatlangan. “Endi men ancha faollashdim, ko‘proq sayr qilish uchun barcha imkoniyatdan foydalanaman. Kamida bir yarim soat piyoda yurishga harakat qilaman, yoga bilan ham shug‘ullanaman”, − deydi u.

Shetti vazn yo‘qotishning kaliti iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdorida ekanligiga ishonadi: “Vazn yo‘qotish va sog‘liqni tiklash uchun me’yorda ovqatlanish zarur, − deydi Shetti. – Aynan me’yor borasidagi nazorat menga rekord vaqt ichida katta natijalarga erishishga yordam berdi. Shuningdek, qanday ovqatlanishga ham e’tibor berish kerak. Men ovqatlarni sigirlar kabi 32 marotaba chaynadim. Bu haqiqatan ham yordam beradi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi