Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliyaning Kent grafligida istiqomat qiladigan ayol oilaviy fotoda o‘zini ko‘rib tanimagan va shundan keyin vazn tashlashga qaror qilgan. Bu haqda Daily Mail’da ma’lum qilingan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Ikki farzandning onasi bo‘lgan 27 yashar Lenna Uellsning vazni 103 kg bo‘lgan. U bundan besh yil avval homiladorlik vaqtida noto‘g‘ri va ko‘p ovqatlanish sabab semirib ketgan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

2018-yilning dekabrida Uells, to‘y marosimidagi oilaviy fotoni ko‘rib, ortiqcha vazni sabab o‘zini tanimagan. “O‘sha kuni men o‘zimni ishonchsiz his qildim va shu sabab ham ziyofatdan erta ketdim. Boshqalar menga qarashini istamadim”, — degan Lenna.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

U kameradan yashirinishga harakat qilgan va suratga tushishdan bosh tortgan, shunga qaramay umumiy kadrlardan biriga surati muhrlangan.

U suratda begona odamni ko‘rgandek bo‘lgan va o‘zini yomon his qilgan va shundan keyin o‘zgarishlarga tayyor ekanini tushunib yetgan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Uells, 2019-yilning yanvarida vazn tashlash dasturlariga qo‘shilgan. U uchun ishlab chiqilgan ovqatlanish dasturiga amal qilgan holda 32 kg vazn tashlagan. So‘ngra trenajyor zalida sport bilan shug‘ullangan va ozishda davom etgan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

“Avvallari men, o‘zimni xursand qilish uchun yeb keyin afsuslanardim. O‘zgarishim mumkin, deb hech qachon o‘ylamaganman. Men odamlarga buning imkoni borligi va ular ham ozishi mumkinligini isbotlashni istayman”, — deb qo‘shimcha qilgan ayol.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov