Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni o‘sishni boshladi. Bu haqda Xitoy Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib “Kommersant” xabar berdi.

Foto: CNN

Foto: CNN

O‘tgan bir kecha-kunduzda virusga chalinish bo‘yicha 144 ta yangi holat qayd etildi, shundan 126 tasi mamlakat ichidagi, 18 tasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlandi.

Taqqoslash uchun, Xitoyda 19-yanvar, seshanba holatiga ko‘ra 103 ta yangi holat aniqlanib, ulardan 88 tasi mamlakat ichida qayd etilgan, 15 tasi chet eldan kelganlarda aniqlangan. Xitoyda kasallanishning ko‘payishi oqibatida cheklovlar kuchaytirildi. Xususan, Pekindagi maktab o‘quvchilarini 23-yanvardan masofaviy ta’limga o‘tkazishga qaror qilindi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda pandemiya boshidan beri koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha 98,5 mingta holat qayd etildi. 4,8 ming kishi vafot etdi, 91,4 ming kishi sog‘aydi. Butun dunyoda jami 96,8 million kishida koronavirus aniqlandi, 2 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 53,3 milliondan ortig‘i sog‘aydi.

Avvalroq Pekin COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli virusga qarshi choralarni kuchaytirgani, Xitoyda koronavirus tarqalishining yangi o‘chog‘i aniqlangani hamda mamlakatda 8 oy ichida birinchi bor koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berligandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi