• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShning 46-prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi qanday o‘tdi va nega u uchun ikkinchi “yadro chamadonchasi” tayyorlandi? Asosiy ma’lumotlar

    AQShning 46-prezidenti Jo Bayden va 49-vitse-prezidenti Kamala Xarris rasman lavozimiga kirishdi, deb yozadi Meduza. Marosim an’anaga ko‘ra Kapitoliyning g‘arbiy qanotida bo‘lib o‘tdi. 2021-yilda koronavirus pandemiyasi va xavfsizlik choralari tufayli unda cheklangan sondagi mehmonlar qatnashdi. Ular orasida Kongress a’zolari hamda rafiqalari bilan birga kelgan sobiq prezidentlar va vitse-prezidentlar bor: kichik Jorj Bush va Lora Bush, katta Jorj Bushning vitse-prezidenti Den Kueyl, Bill va Hillari Klinton, Barak va Mishel Obama. Albatta, marosimning bosh qahramonlari ham turmush o‘rtoqlari bilan qatnashdi. Jill Bayden o‘z turmush o‘rtog‘iga uning siyosatdagi uzoq karyerasi davomida doim jamoatchilik oldida hamrohlik qilib kelgan bo‘lsa, Kamala Xarrisning eri — AQSh tarixidagi ilk “ikkinchi jentlmen” Dug Emxoff uchun bu hali noodatiy rol bo‘lgani sababli u biroz dovdiragandek ko‘rindi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Mehmonlar an’anaga ko‘ra amerikalik dizaynerlarning liboslarini kiydi. Byorni Sanders esa o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vermont shtatidan keltirilgan to‘qilgan qo‘lqopda keldi, Senatda ham u Vermont shtatiga vakillik qiladi.

    Bernie dressed like the inauguration is on his to do list today but ain’t his whole day. pic.twitter.com/wCRyoxU3V2

    — Reeezy (@MsReeezy) January 20, 2021

    “Byorni xuddi inauguratsiya u uchun asosiy narsa emas, balki bor-yo‘g‘i uning bugungi ishlaridan biridek kiyingan.”

    Donald Tramp marosimga kelmadi. Ertalab u Oq uyni tark etib, Air Force One prezident samolyotida Floridaga uchib ketdi. Inauguratsiyada yana bir sobiq prezident — Jimmi Karter ham qatnashmadi, ammo bu uning keksaligi bilan bog‘liq — u 96 yoshda. Qaytaga marosimga Trampning vitse-prezidenti Mayk Pens keldi va hatto to‘planganlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

    Marosimning faxriy mehmonlari orasida Kapitoliy qo‘riqlash xizmati xodimi Yujin Gudman ham bor edi, u bundan ikki hafta avval bino Tramp tarafdorlari tomonidan egallab olinishi vaqtida hujumchilarni chalg‘itib, ularning Senat palatasiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymagan edi. Gudman faxriy qorovul sifatida Kamala Xarrisni qasamyod qabul qilinadigan sahnagacha kuzatib qo‘ydi.

    AQSh madhiyasining birinchi naqoratini Ledi Gaga ijro etdi. Marosimga u kaptar shaklidagi katta tillarang to‘g‘nog‘ich taqib keldi va xuddi shunaqa rangli mikrofondan foydalandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Konstitutsiyaga sodiqlik qasamyodini birinchi bo‘lib Kamala Xarris qabul qildi, u birinchi ayol vitse-prezident hamda ushbu lavozimdagi birinchi etnik va irqiy ozchilik vakilasiga aylandi. Uning qasamyodini AQSh Oliy sudi sudyasi Sonya Sotomayor qabul qilib oldi.

    So‘ng sahnaga Jennifer Lopes chiqib, qo‘shiqchi shoir va antifashist Vudi Gatrining “This Land is Your Land” qo‘shig‘ini kuyladi. U so‘nggi vaqtlarda AQShdagi siyosiy tadbirlarda tez-tez ijro etilmoqda, masalan, Byorni Sandersning saylovoldi mitinglarida kuylandi. Jey-Lo qo‘shiqqa Amerika bayrog‘iga sodiqlik qasamyodidan olingan misrani ispan tilida qo‘shib yubordi: Con libertad y justicia para todos, — deya.

    Vashington vaqti bilan yarim kun bo‘lishiga bir necha daqiqa qolganida Jo Bayden qasamyod qabul qildi. U o‘z oilasida 1893-yildan buyon saqlanib kelayotgan qalin charm muqovali Injil kitobiga qo‘lini qo‘ygan holda Konstitutsiyaga sodiqlikka qasamyod qildi. Avvalgi saylanuvchi lavozimlari — senator va vitse-prezidentligida ham qasamyod qilishda shu kitobdan foydalangan edi. Rasman lavozimiga kirishganidan keyin yarim soat o‘tib, Bayden o‘zining ilk vakolatlarining biridan foydalandi: rasmiy @POTUS akkauntidan tvit yozdi.

    There is no time to waste when it comes to tackling the crises we face. That's why today, I am heading to the Oval Office to get right to work delivering bold action and immediate relief for American families.

    — President Biden Archived (@POTUS46Archive) January 20, 2021

    “Shuncha muammolarni yechish vazifasi turganida, biz vaqtni behuda sarflay olmaymiz. Shuning uchun bugun men ishga zudlik va qat’iyat bilan kirishib, amerikalik oilalar uchun uzoq kutilgan yengillikni ta’minlash maqsadida Oval xonaga ketyapman.”

    Inauguratsiya nutqida Jo Bayden bir necha marta birlikka chaqirdi, barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘lishga va’da berdi hamda “qizil va ko‘klar (respublikachilar va demokratlar), shaharliklar va qishloqliklar, konservatorlar va liberallar bir-biriga qarshi boradigan bu noma’qul urush”ni to‘xtatishga chaqirdi.

    Marosim so‘ngida sahnaga an’ana bo‘yicha “laureat shoir” chiqib, tantana uchun maxsus yozilgan she’riy asarini o‘qib beradi. Odatda bu rolni e’tirof etilgan va xizmat ko‘rsatgan adabiyot arbobi bajaradi, masalan, keksa Robert Frost Jon Kennedining inauguratsiyasi uchun poema yozgan bo‘lsa, Mayya Enjelu Bill Klinton uchun yozgan. Baydenning shtabi AQSh tarixidagi eng yosh “laureat shoir”ni tanladi — 22 yoshli afroamerikalik Amanda Gorman. Inauguratsiya marosimi metodistlar cherkovi ruhoniysining va’z aytishi bilan yakunlandi.

    Shundan keyin yangi prezident va yangi vitse-prezident korteji Pensilvaniya-avenyu orqali Oq uyga, u yerdan esa gulchambar qo‘yish marosimini o‘tkazish uchun Arlington harbiy qabristoniga jo‘nab ketdi.

    Lavozimga kirishish marosimidan keyin odatda ketayotgan prezident tomonidan kelayotgan prezidentga topshiriladigan “yadro chamadonchasi”ning taqdiri qanday bo‘lishi noma’lum. Tramp Baydenning inauguratsiyasiga kelishdan bosh tortgani sababli Pentagon ikki chamadon ishtirokidagi murakkab jarayonni ishlab chiqishga majbur bo‘ldi, ulardan biri 20-yanvar kuni qoq tushda deaktivatsiya qilinadi, ikkinchisi, Baydenniki esa aktivatsiya qilinadi.

    Tramp prezidentligining so‘nggi soatlarida o‘zining siyosiy merosi haqida qayg‘urdi. U prezident tomonidan afv etilganlar ro‘yxatini e’lon qildi, xayrlashuv nutqini tayyorladi va baribir, inauguratsiya an’analaridan birini bajardi — Jo Baydenga xat qoldirdi. Bundan tashqari, u o‘z partiyasini tuzish imkoniyatlarini muhokama qildi.

    Mavzuga doir:

    • Jo Bayden AQSh prezidenti sifatida qasamyod qildi
    • Foto: Donald Tramp Oq uyni tark etdi
    • WSJ Trampning Vatanparvarlar partiyasini tuzish rejasidan xabar topdi
    • Donald Tramp 73 kishini afv etdi. Ular orasida o‘zi va oila a’zolari yo‘q
    • Trampning “yadro jomadonchasi” uning Xitoyga tashrifi chog‘ida janjalga sabab bo‘lgan

    21.01.2021, 10:35   Izoh (0)   35382
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus tufayli Shimoliy Koreyadan Janubiy Koreyaga qochib o‘tganlar soni keskin kamaygan

    21.01.2021, 09:10

    Pekin COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli virusga qarshi choralarni kuchaytirdi

    21.01.2021, 08:26

    Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi

    21.01.2021, 07:57

    Rossiyada kanalizatsiya qudug‘idan polietilen paketga o‘ralgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi

    21.01.2021, 07:27

    Ramzan Qodirov “Chechenistonning so‘nggi amiri” o‘ldirilganini e’lon qildi

    21.01.2021, 06:50

    JSST: Koronavirusdan bir haftada dunyo bo‘ylab 94 ming kishi vafot etib, antirekord o‘rnatildi

    21.01.2021, 06:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.